Internetda tarqalgan videodan harakat paytida tarkibdagi kamida bitta eşik oçiq qolgani, oçiq eşik yonida bir neça yölovçilar turganini köriş mumkin.

«Bunaqa dahşatni faqat triller kinolarda köriş mumkin edi, ammo öz işiga mas'uliyatsiz insonlarning kasriga, ming afsuski, bizda bunaqa holatlar kundalik voqeaga aylanib qolayotgandek», – deya yozadi videoni kanalida e'lon qilgan bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev.

Sönggi paytlarda Toşkent metrosi köngilsiz hodisalar bilan tez-tez jamoatçilik diqqat markaziga tuşmoqda.

18 mart kuni metroning yer usti Sergeli yönalişi boşlaniş joyida ikki poyezd töqnaşib ketgan edi. Töxtab qolgan tarkibga ortidan kelgan boşqa bir tarkib kelib urilgandi.

7 aprel kuni esa Özbekiston yölining «Ğafur Ğulom» bekatida poyezd texnik sabablarga köra töxtab qoldi, natijada yölovçilar boşqa tarkibga köçirildi, yurmay qolgan poyezdni boşqa bir poyezd şatakka olişiga töğri keldi.

Bu voqeaning ertasiga, 8 aprel kuni ertalab qurilganiga bir yil bölmagan Sergeli yönalişida avariyaviy holat röy berdi: kontakt relsining kronşteynlari çiqib ketdi, natijada vagonlardagi yölovçilar yer usti metrosi böylab piyoda ketişlariga töğri keldi. Yönalişdagi qatnov 6 soatga töxtab qoldi