Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi Hamza Omonov asalariçilikdan yiliga 100 mln sömdan ortiq daromad qilmoqda. Bu haqda Örmon xöjaligi davlat qömitasi axborot xizmati xabar berdi.
«Bir neça yildan beri asalarilarni parvariş qilib kelaman. Bu sohaning sir-asrorlarini yoşligimda örganganman desam adaşmagan bölaman. Bizga asalariçilik ota meros kasb hisoblanadi. Buning ustiga turmuş örtoğimning asalçilik sirlaridan xabardorligi menga qöl kelib, oilaviy tadbirkorligimizning kengayişiga yordam bermoqda. Hozirda biz yiliga örtaça bir yarim tonnagaça asal olmoqdamiz. Bu esa tahminan 120 million sömgaça daromad deganidir. 2020 yil pandemiya oqibatida asalimizni heç qayerga olib çiqolmagan bölsakda, ötgan yili 150 million daromad oldik. Pandemiya vaqtida köp joylar yopilgan edi. Biz esa umidimizni söndirmasdan, tun-u kun mehnat qildik», - deydi tadbirkor Hamza Omonov.


















