“ID karta”lari mavjud bölgan haydovçilarning transport vositasi texnik körikdan ötkazilgani töğrisidagi ma'lumot, avtotransport vositalarini boşqariş uçun berilgan yoki olgan işonçnoma va suğurta polislarini "ID karta" yordamida tekşiriş amaliyoti Toşkent şahrida sinov tariqasida joriy etilmoqda. Bu haqda IIV YHXB xabar berdi.

Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi “Yöl harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari körsatiş tartib-taomillarini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab haydovçilardan avtomototransport vositasini boşqariş uçun notarial tartibda tasdiqlangan işonçnoma, texnik körikdan ötkazilgani töğrisidagi ma'lumot, avtotransport vositalari oynalari tusini özgartirişga, ya'ni qoraytirişga ruxsatnomani elektron şaklga ötkaziş orqali mazkur hujjatlarni avtomototransport vositasi haydovçisidan talab etiş tartibi bekor qilinişi belgilab qöyildi.

Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan “e-Protokol” axborot tizimi takomillaştirilib, yöl-patrul xodimlariga xizmatda foydalaniş uçun biriktirilgan planşetlar yordamida “ID karta”ni öqiş orqali fuqaro egaligida mavjud bölgan avtotransport vositalarini boşqariş uçun berilgan yoki olgan işonçnomalari, suğurta polislari töğrisidagi ma'lumotlardan foydalaniş imkoniyati yaratildi.

“2021 yil 19 maydan boşlab “ID karta”lari mavjud bölgan haydovçilarning transport vositasi texnik körikdan ötkazilgani töğrisidagi ma'lumot, avtotransport vositalarini boşqariş uçun berilgan yoki olgan işonçnoma va suğurta polislarini "ID karta" yordamida tekşiriş amaliyoti Toşkent şahrida sinov tariqasida joriy etildi.

"ID karta" orqali tekşirilganda, ma'lumotlar aniqlanmagan yoki tizimda uzilişlar bölgan holatlarda barça haydovçilardan inspektorga uşbu hujjatlarning aslini taqdim etişini, şuningdek, vaziyatni töğri tuşunişini sörab qolamiz”, deyiladi ma'lumotda.