Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Markaziy Osiyoda harbiy baza qurishi haqida yana xabarlar tarqaldi
AQSh xorijdagi yangi harbiy bazalar uchun 240 million dollargacha mablag‘ ajratishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Russia Today nashri yozmoqda. Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston yangi inshootlar qurilishi rejalashtirilayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.
AQSh armiyasi quruqlikdagi qo‘shin muhandislar korpusi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi 20 ta davlatda harbiy obektlar qurish loyihasi uchun potensial pudratchilar imkoniyatlarini o‘rganmoqda, deb yozmoqda Russia Today.
Xabarda AQSh ushbu 20 davlatda harbiy bazalar bilan birga ishlab chiqarish korxonalari, portlar, elektr stansiyalari, kasalxonalar, yo‘llar, suv tarmoqlari, aeroportlar va boshqa infratuzilma binolarini qurmoqchi. Shuningdek, loyiha barcha turdagi samolyotlar uchun uchish-qo‘nish yo‘laklari va perronlar qurishni ham o‘z ichiga oladi.
Rus nashriga ko‘ra ehtimoliy loyiha uchun 240 million dollar ajratiladi va uni amalga oshirish besh yilga mo‘ljallangan. Yangi obektlarni 20 mamlakatda, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonda ham qurish rejalashtirilgan.
Avvalroq, Amerikaning ikki nufuzli nashri Wall Street Journal va The New York Times’da AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi yoki ular sonining keskin qisqartirilishi munosabati bilan mintaqada kelgusidagi harbiy amaliyotlarni o‘tkazish huquqini olish maqsadida Pentagon rasmiylari Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
08:56 / 18.05.2026
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
05:09 / 18.05.2026
AQShda aviashou vaqtida ikki qiruvchi samolyot to‘qnashib, portlab ketdi
20:41 / 17.05.2026