19 may kuni «Arçazor» mahallasida aholiga 2 litrlik idişda paxta yoği arzonlaştirilgan narxda – 20 ming sömdan sotilgan. Ammo fuqarolar uni terminal yöqligi sababli, plastik kartaga xarid qila olişmagan, faqat naqd pulda olişga majbur bölişgan. 

Xorazm viloyat hokimining 2021 yil 29 apreldagi 197-sonli yiğiliş bayonnomasiga asosan, içki bozorlarda narx-navolarning barqaror saqlanişini ta'minlaş va viloyat hududida aholini uzluksiz ravişda arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, xususan ösimlik (paxta) yoği savdo-xarid korxonalari tomonidan paxta-töqimaçilik klaster korxonalari tomonidan töğridan töğri şartnomalar asosida xarid qilinişi va iste'molçilarga kafolatli yetkazib berilişi körsatib ötilgan.

Şovot tumanida aholiga arzonlaştirilgan mahsulotlar “Savdo Xarid Tayyorlov” MÇJ tomonidan yetkazib berilmoqda. Tuman hokimligi bergan ma'lumotga köra, uşbu korxonada onlayn nazorat kassa maşinasi, virtual kassa maşinasi va plastik karta bilan savdo qiliş imkonini beruvçi terminal bor.

19 may kuni «Arçazor» mahallasida paxta yoği tarqatilganda boşqa mahalladan terminalni olib keliş keçikkan, şu sababli plastik kartaga savdo qiliş imkoniyati bölmagan.

Şovot tumani hokimligi bunday holatning takror yuz bermasligi uçun arzonlaştirilgan mahsulotlar maxsus grafik asosida kuniga 5ta mahallaga navbatma-navbat yetkazilişi va terminal orqali plastik kartaga uzluksiz savdo qiliş çoralari ta'minlanişini ma'lum qildi.

Qöşimça qiliş joizki, Özbekiston Respublikasida çakana savdo qoidalariga köra, turğun savdo şoxobçalarida va köçma savdo obektlarida bank plastik kartoçkalaridan foydalangan holda tölovlarni qabul qiliş böyiça hisob-kitob terminalining mavjudligi ta'minlanişi, sotuvçi xaridorga xarid bilan birgalikda kassa çekini ham berişi şart.

Savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş tegişli javobgarlikka sabab böladi.