"20 may kuni Syunik oblastidagi Qora köl hududida sodir bölgan muştlaşuv oqibatida jarohatlanganlar bor, ular örta va oğir ahvolda şifoxonaga yotqizildi", - deb xabar berdi Interfaks Armaniston mudofaa vazirligiga tayanib.
Armaniston ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, 11 nafar arman askarlari şifoxonaga yotqizilgan.
12-13 may kunlari Ozarboyjon armiyasi bölinmalari Syunik va Gegarkunik oblastlaridan Armaniston hududiga kirgani xabar qilindi. Armaniston bu masala böyiça kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga murojaat qilgan.













