Toşkent şahrida bölib ötayotgan «Toşkent 5 taşabbus» tadbirlari doirasida investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov yoşlar bilan uçraşdi. Uçraşuvda Kun.uz muxbiri Umrzoqovga hukumat komissiyasi qarori yuzasidan savol bilan murojaat qildi.

Kun.uz: — 24 aprel kuni sizning boşçiligingizdagi hukumat komissiyasi Buxoro viloyatidagi tadbirkorlar bilan uçraşgandi va komissiya viloyatdagi 907ta tadbirkorlik sub'yektidan «obnal işi» böyiça 47 milliard sömlik soliq undiruvini bekor qiliş böyiça qaror qabul qilgandi. Davlat soliq qömitasi QQS böyiça undiruv bekor qilinmaganini, tadbirkorlarga soliqni bölib tölaşga imkon berilganini ma'lum qildi. Biroq bu komissiya qarorining ijrosi emas. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

S.U: — Haqiqatan bunday qaror qabul qilingan. Bu qaror ijrosini Vazirlar Mahkamasi qoşidagi alohida tuzilgan inspeksiya va Boş prokuratura nazoratga olişi kerak. Siz aytgan gapingizdan keyin borib topşiriq beraman. Ular menga hisobot beradi. Lekin hukumat komissiyasining qarorlari hamma uçun majburiy. Prezidentimizning farmonlari bilan alohida belgilangan. Komissiya qarorlari belgilangan muddatda bajarilmagan bölsa, buni bajarmagan mas'ullarga tegişli çoralar köriladi.

Avvalroq, Kun.uz Sardor Umrzoqov boşçiligidagi hukumat komissiyasi Buxoro viloyatida faoliyat yuritadigan 907ta tadbirkorlik sub'yektiga «obnal işi» yuzasidan yuklatilgan 47 milliard 133 million sömlik QQS undiruvini bekor qiliş töğrisida qaror çiqargani haqida maqola e'lon qilgandi.

Biroq DSQ qömita budjetga tölanişi lozim bölgan QQS summasini noqonuniy kamaytiriş natijasida hosil bölgan soliq qarzdorligini majburiy undiruvga qaratiş çoralarini körgani, undiruv bekor qilinmasligini, balki soliqni bölib tölaşga imkon berilganini ma'lum qildi.

Iqtisodçi Yuliy Yusupov esa DSQ hukumat komissiyasi qarorini bajarişdan boş tortganiga e'tibor qaratgandi.