Sönggi bir oy davomida Kun.uz saytida faoliyat olib boruvçi 3 nafar mas'ul xodimga tegişli bölgan Telegram akkauntlarni buzib kirişga bölgan uriniş holatlari takrorlandi.
Ajablanarlisi, bu jarayonda Telegram messenjerining majburiy qoidalariga zid ravişda akkaunt egalari (Kun.uz xodimlari)ning akkauntiga ham, telefon raqamiga ham tasdiqlaş kodi yetib kelmagan.
Navbatdagi ikki xodimning Telegram'iga kirişga urinişlarning biri noma'lum şaxslar uçun muvaffaqiyatli yakunlangan. Xodimning Telegram'iga kiriş yarim tunda, aniqroği tungi soat 01:30larda sodir bölgan va tonggi 04:00larga qadar (xodim buni sezib qolganiga qadar) uning şaxsiy yozişmalarini közdan keçirişga ulgurişgan.
11 mayga ötar keçasi yana bir xodimning Telegram akkauntini buzib kirişga uriniş kuzatildi. Yana soat 1:30 atrofida amalga oşirilgan uriniş Telegram messenjerining ikki bosqiçli autentifikatsiya funksiyasi faollaştirilgani tufayli oxiriga yetmay qolgan. Uşbu xodim telefon raqamiga tasdiqlaş kodi kelmagani böyiça izoh oliş uçun mobil aloqa operatoriga qönğiroq qilgan, ammo kompaniya xodimlari vaziyatni izohlay olişmagan.
Şu bilan birga, aynan şu xodimning Gmail poçtasiga buzib kirilgan, ammo poçtaga ulanmagani tufayli Telegram akkauntni buzib kirişga muvaffaq bölinmagan.
Şu yil aprel oyida tahririyat xodimining Telegram'iga noma'lum foydalanuvçilarning kirgani holatini taftiş qilişni sörab xodim AKT vazirligiga murojaat yöllagandi. Mazkur murojaat ayni damda vazirlik tizimiga qaraşli mas'ul idora tomonidan körib çiqilmoqda.
Şu örinda Özbekiston Respublikasi fuqarolarini kiber hujumlardan himoyalaş uçun mas'ul bölgan idoralardan uşbu xatti-harakatlarni sodir etgan şaxs(lar)ni aniqlaşda amaliy yordam berişni sörab qolamiz.
Kun.uz mas'ul xodimining Telegram akkauntiga noma'lum şaxslar buzib kirdi
«404» balosi va öçib öçmagan post. OAVga bosimlar davom etmoqda

















