Ötgan hafta davomida, ya'ni 17–23 may kunlari «Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi»ning barça savdo platformalarida 1 trillion 838,8 mlrd sömlik tovarlar sotilgan bölib, bu avvalgi haftaga nisbatan 50,8 foizga köp.
Paxta yoği
Körib çiqilayotgan davrda, ya'ni 17-23 may kunlari oçiq birja savdolari orqali 2 ming 54 tonna paxta yoği sotilgan.
Ötgan hafta davomida paxta yoğining boşlanğiç narxi mahsulotning bir tonnasi uçun 14 mln 704,5 ming sömdan 14 mln 37,9 ming sömgaça, ya'ni 4,5 foizga pasaydi.
Şakar
Ötgan haftada birjaning şakar bozorida ham narxlar pasayişi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 15 ming 520 tonna şakar qöyildi va bundan 14 ming 720 tonna yoki mahsulotning 94,8 foiz hajmi sotilgan.
Körib çiqilayotgan davrda şakarning barça kategoriyasi böyiça şakllangan kunlik örtaça narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 7 mln 720,8 ming sömdan 7 mln 423,4 ming sömgaça, ya'ni 3,8 foizga pasaygan.
Tsement
Birjaning sement bozorida içki talab ösişiga qaramasdan narxlar pasaygan.
Ötgan haftada birja savdolariga 278 ming 70 tonna sement qöyildi va ulardan 236 ming 160 tonnasi, ya'ni 85 foizi sotildi. Örtaça kunlik sotuv hajmlari 47,2 ming tonnani taşkil qildi.
Körib çiqilayotgan davrda sementning barça kategoriyasi böyiça şakllangan kunlik örtaça narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 593,2 ming sömdan 569,4 ming sömgaça, ya'ni 4 foizga pasaydi.
Benzin
Ötgan haftada birjaning avtomobil benzini bozorida kiçik özgariş qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 26 ming 435 tonna AI-80 markali benzin qöyildi va uşbu hajmdan 20 ming 470 tonnasi yoki mahsulotning 77,4 foizi sotilgan.
Körib çiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining örtaça kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uçun 6 mln 670 ming sömdan 6 mln 676,4 ming sömga, ya'ni 0,1 foizga ösgan.















