Soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev 24 may kuni «Toşkent 5 taşabbus harakati» tadbirlari doirasida yoşlar bilan uçraşdi. U muloqot vaqtida «obnal işi» haqida söragan jurnalistni «hayp uçun» savol bermaslikka çaqirdi.
Uçraşuvda jurnalist boş vazir örinbosari Sardor Umrzoqov boşçiligidagi hukumat komissiyasi Buxorodagi tadbirkorlar bilan uçraşuvda bir neça milliard sömlik QQS böyiça undiruvni bekor qiliş borasida qaror qilgani, ammo Soliq qömitasi buni tan olmasdan rad qilgani borasida savol berdi.
DSQ raisi Şerzod Qudbiyev qömita bu topşiriqni «sözsiz bajargani»ni iddao qildi.
«Yana köpçilikni bu masala qiziqtirayotgan bölsa kerak-a? Biz özi yoşlar bilan uçraşuv qilyapmizmi yoki QQS masalasini muhokama qilamizmi? Vaqtimiz çeklangan, şuning uçun yoşlarga imkoniyat berişni iltimos qilgan bölardim. Bu savoldan qoçiş emas. Bir marta javob beraman. Ruxsat bersanglar, etika nuqtayi nazaridan köproq yoşlarga imkon bersak, yoşlar bilan gaplaşsak, keyin 10 daqiqaça vaqt ajratib, QQS ma'murçiligi böyiça bölayotgan vaziyatni yoritib berişim mumkin.
Singlim, sizga bir savol, öşa topşiriqni öqiganmisiz? Bu birinçi savol. Ikkinçi savol, u yerda [QQSni] qaytarib bersin degan joyi bormi? Agar topşiriqni öqigan bölsangiz, u yerda QQS qaytarib berilsin degan gap yöq. Sud masalasi haqida şoşmay turing. Topşiriq haqida sörayapsiz. Siz özingiz öşa protokolni öqiganmisiz deb savol beryapman. Protokolni öqimasdan turib, şunça yoşning vaqtini olib, hayp uçun bu savolni menga berişingiz etikaga qançalik töğri keladi?
U yerda bunday topşiriq berilmagan. U yerda, adaşmasam, 587tami yoki 589tami kontragent töğrisida savol bölgan va şuni qaytarib beriş yuzasidan çoralar körib çiqilsin, degan jumla yozilgan. Ya'ni biz hukumat komissiyasi topşiriğini sözsiz bajaramiz, Soliq qömitasi bu topşiriqni bajargan va biz qaytarib beriş çoralarini körganmiz.
Hozir raqamlarda adaşişim mumkin, taxminan 150ga yaqin kontragentga QQS pulini qaytarib berganmiz. Yana bir qismini – tan olganlarini bölib-bölib tölaşga ruxsat berganmiz. Taxminan 30 foiziga pulni qaytarib berişni mutlaqo rad etganmiz va bu böyiça hukumatga axborot kiritganmiz.
Bu faqat Buxoro viloyati böyiça bölgani yöq, ma'murçilik Özbekiston Respublikasining barça hududida bir xil amalga oşiriladi», – dedi Qudbiyev.
DSQ jurnalistni komissiya bayonnomasini öqimasdan savol berişda ayblagan, biroq ta'kidlaş lozim, bayonnoma oçiq manbalarda e'lon qilingan emas.










