Ijtimoiy tarmoqlarda dunyoda noyob, şifobaxş hisoblangan Yozyovondagi qum tepaliklarni tadbirkorlar egallab olayotganligi iddao qilingan xabarlar tarqaldi. Farğona viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi öz munosabatida u davlat muhofazasiga olinganligini aytmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyatining Yozyovon tuman çöllaridagi qum tepaliklar mahalliy tadbirkorlar tomonidan egallab olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarga köra, uşbu qum tepaliklar dunyoda noyob va şifobaxş sanaladi.
Farğona viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi axborot xizmati mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Ta'kidlanişiça, mazkur muammolar ötgan yili hal qilinib, hozirga qadar tadbirkorlar tomonidan egallab oliş va talon-toroj işlariga çek qöyilgan. Şuningdek, hudud Farğona viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi hamda tegişli mutasaddi taşkilotlar tomonidan töliq nazoratga olingan.

Örganişlar davomida «Yozyovonmaxsussuvquriliş» DUK quriliş obektida foydalaniş uçun “Markaziy-Farğona” qum konining 5-uçastkasi hududidan sanoat usulida qum qazib oliş masalasi kötarilgan. Uşbu masala örganib çiqilib, Davlat ekologiya qömitasining 2020 yil 22 apreldagi xatiga asosan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga dastlabki xulosa kiritilgan. Xulosada “Kon uçastkasida qolgan qum zaxirasini Davlat geologiya qömitasi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi va “Yozyovonmaxsussuvquriliş” DUK iştirokida joyiga çiqib örganiş maqsadga muvofiqligi ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinişiça, 2020 yil 7 may kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining Farğona viloyati boşqarmasining 4 nafari mutaxassisi, «Davsuvxöjaliknazorat» davlat inspeksiyasi inspektori, “Uzgidrotexnik” MÇJ direktori örinbosari, Farğona davlat örmon xöjaligi örmon ustasi iştirokida “Markaziy-Farğona” qum konining 5-uçastkasida örganiş ötkazgan.
Mazkur uçastka “Yozyovon çöllari” tabiat yodgorligi hududida joylaşgan bölib, 105.7 gektar maydonni egallaydi. “Yozyovon çöllari” tabiat yodgorligi Markaziy Farğonaning Yozyovon va Qöştepa tumanlarining şimoliy-ğarbiy qismida joylaşgan bölib, hali özlaştirilmagan, öziga xos noyob landşafti şakllangan biologik tizimga ega, bu yerdagi ekologik tizim asrlar davomida taşkil topgan va rivojlangan.


















