Ozarboyjonlik harbiylar Armaniston armiyasining Gegarkunik oblastining çegaraoldi qismidagi pozitsiyalarini öqqa tutdi. Bu haqda Armaniston mudofaa vazirligi saytida ma'lum qilindi.

Voqea 25 may kuni soat 14:20da qayd qilingan. Uning qolgan tafsilotlari keltirilmagan. Armaniston mudofaa vazirligi bayonotida otişma oqibatida arman harbiysi halok bölgani ma'lum qilingan.

Armaniston-Ozarboyjon çegarasining janubiy qismida bir haftadan köproq vaqtdan beri notinç vaziyat saqlanib qolmoqda. Yerevanda ta'kidlanişiça, ozarboyjonlik harbiylar Armanistonning Qora köl tumanida joylaşib, uşbu hududni tark etişdan boş tortişmoqda. Öz navbatida, Boku uşbu ayblovlarni rad etmoqda va Yerevanni masalani çuqurlaştirmaslikka çaqirmoqda.