Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu David Barnea «Mossad» taşqi razvedka xizmatining yangi rahbari etib tayinlaganini e'lon qildi. Ayni paytda maxfiy xizmatning amaldagi rahbari Yosi Koen hisoblanadi.

Avvalroq, hukumatning yuridik maslahatçisi boş vazir Netanyahuning ötiş davri hukumatiga rahbar tayinlaş vakolatlarini tasdiqlagandi.

56 yoşli Barnea 2019 yildan beri «Mossad» rahbarining örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi. 2013 yildan 2019 yilgaça u mamlakat xavfsizligiga qöşgan hissasi uçun har yili tört marta mukofotlangan «Tsomet» bölimini boşqargan («Pras Bitaxon»). David Barnea 1996 yilda Mossad safiga qöşilgan. Harbiy xizmat yillarida u mamlakat Qurolli Kuçlari Boş ştabi maxsus kuçlari safida xizmatda bölgan. Barnea turmuş qurgan va tört nafar farzandi bor.

Boş vazir Binyamin Netanyahu razvedka xizmati oldida turgan vazifalar haqida ham fikr bildirgan:

«Men bizni köp yillar davomida qöllab-quvvatlab kelgan AQŞ bilan döstligimizni juda qadrlayman. Bu mamlakat milliy xavfsizligi uçun juda muhimdir. Ayni paytdagi vaziyat bizdan dadil va mustaqil qarorlar qabul qilişimizni talab qiladi. Har qanday holatda ham biz Eronning yadro bombasi bilan qurollanişiga yöl qöymaslik uçun barça imkoniyatlarni işga solamiz. Bu bizning mavjudligimiz. Bu sizning birinçi ustuvor vazifangizdir», degan u.

Ma'lumot uçun, «Mossad» («Razvedka va maxsus operatsiyalar instituti» ma'nosini anglatadi) 1949 yil 13 dekabrda boş vazir Ben Gurionning tavsiyasiga binoan Markaziy muvofiqlaştiriş instituti sifatida taşkil etilgan. 1951 yilda u qayta taşkil etilib, töğridan töğri boş vazirga böysunadigan boş vazir idorasining bir qismiga aylantirilgan. Taşkilotning asosiy idorasi Tel-Avivda joylaşgan. «Mossad»ning öziga xos jihati şundaki, u Isroilning demokratik institutlaridan butunlay ajralib turadi. Heç qanday qonun uning rolini yoki maqsadini belgilamaydi. Bundan taşqari, taşkilot hatto Isroilning konstitutsiyaviy qonunlaridan ham ozod qilingan. Uning direktori töğridan töğri va faqat boş vazirga böysunadi.

Taşkilotning taxminiy yillik budjeti 2,73 milliard dollar atrofida bölib, uning tarkibida 7 mingdan ziyod kişi faoliyat olib boradi. 

Xalqaro kuzatuvçilar taşkilotni «çuqur davlat» deb ta'riflaşadi. Taşkilot haqidagi ma'lumotlar 90 yillarning örtalarida keng jamoatçilikka ma'lum bölgan. «Mossad»ning eng maşhur operatsiyasi — 1972 yilda Myunxen Olimpiadasida Isroil sportçilarini qölga olgan Falastinning «Qora sentabr» taşkiloti yöq qilinişi deb baholanadi. Ba'zi ma'lumotlarga köra, Isroilning boş vazirlari aynan taşkilotda xizmat qilgan xodimlar orasidan tanlab olinadi.