Şu yilning 14 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bölib, u yerda davolanayotgan bolalar holidan xabar olgandi. 

Uçraşuv çoğida 2003 yilda tuğilgan, markazda çap tizza böğimi sinovial sarkomasi taşxisi bilan davolanayotgan andijonlik Roziyaxon Bozorboyeva Andijon davlat tibbiyot institutiga kirişni orzu qilişini aytgan edi. 

Prezident uning orzusini amalga oşiriş uçun tegişli mutasaddilarga topşiriq berib, Roziyaxon uçun barça şaroitlarni muhayyo qilişni tayinlagan edi. 

Andijon tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov bölajak talabaning ahvolidan xabar oldi.

«Kuni keça Soğliqni saqlaş vazirligi mas'ul xodimlari va Andijon tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov Roziyaxon Bozorboyevaning ahvolidan xabar oliş uçun Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida böldi.

Rektorning Roziyaxonga topşirgan maktubida institut jamoasi uni yangi öquv yilidan oliy öquv yurti binosida kutişlari, uning ta'lim olişi uçun barça şaroitlarni yaratişga tayyor ekanliklarini bildirgan. 

Şuningdek, R. Bozorboyevaga öqişga tayyorgarlik köriş uçun onlayn repetitor ajratildi. Endi Roziyaxon muassasada davo muolajalari oliş bilan birga kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot fanlaridan maşğulotlar bilan şuğullanişi ham mumkin», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.