25 may kuni ötkazilgan Oliy Majlis Senati Kengaşining majlisida ayrim budjetdan taşqari maqsadli jamğarmalar mablağlari şakllantirilişi va ulardan foydalaniş samaradorligini örganiş natijalariga oid masala körib çiqilgandi.
Senat axborot xizmati ma'lumotida 2019-2020 öquv yili qabuli test sinovlarida iştirok etiş uçun ariza bergan abituriyentlardan 896,4 mln söm ortiqça tölov undirilgani, 30 mlrd söm mablağ tijorat banklari depozitlariga elektron saralaş tizimisiz töğridan töğri tuzilgan kelişuv asosida joylaştirilgani, “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonun talablariga rioya qilmasdan 11,2 mlrd sömlik xaridlar amalga oşirilgani qayd etilgan.
2019-2020 öquv yili qabulida abituriyentlardan qariyb 900 mln söm ortiqça tölov undirilgan
Davlat test markazi mazkur holatlar yuzasidan rasmiy bayonot bilan çiqdi. Abituriyentlardan ortiqça undirilgan tölov böyiça ma'lum qilinişiça, test sinovlari taşkil etilayotgan öquv yilidan avvalgi yillarda ta'lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi bölgan yoki töliq davlat ta'minotidagi şaxslar bundan mustasno) test sinovlarida iştirok etişi uçun eng kam iş haqi yarim baravari miqdorida tölov undirilişi joriy etilgan.
“2019-2020 öquv yili qabulida oldingi yillar bitiruvçilaridan test sinovi uçun tölov undiriş birinçi marta joriy etilgan bölib, mazkur yilda abituriyentlardan hujjatlar qabuli oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalari va Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirilgan. Unda abituriyentlar hujjatlarini topşiriş uçun oliy ta'lim muassasalar qabul komissiyalari yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilganda, ular tomonidan tölovni amalga oşiradigan toifadagi abituriyentlarga tölovni amalga oşiriş uçun kvitansiya şakllantirib berilgan va abituriyentlar tölovni amalga oşirgandan söng hujjatlarini topşirgan. Tölov undirilmaydigan toifadagi abituriyentlarning hujjatlari esa şu zahoti qabul qilingan. Bunda tölovni amalga oşirmaydigan abituriyentlar toifalari haqidagi ma'lumotlar Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasalar qabul komissiyalari va Davlat xizmatlari markazlariga yetkazilgan hamda Davlat test markazi telegram-kanalida e'lon qilingan.
Şunday bölsa-da, tölovni amalga oşirmaydigan abituriyentlar tomonidan hujjatlarni topşiriş jarayonida test sinovi uçun tölovni amalga oşiriş holatlari kuzatilgan. Buning natijasida 896,4 mln söm ortiqça tölov amalga oşirilgan. Ötgan davr mobaynida abituriyentlarning arizasiga asosan ortiqça tölangan 156,3 mln söm mablağ egalariga qaytarilgan. 2021 yilning 25 mart holatiga ortiqça tölangan mablağ miqdori 740,1 mln sömni taşkil etadi. Qolgan abituriyentlar tölovni qaytariş böyiça ariza bilan murojaat qilmaganliklari sababli, Davlat test markazida ularning tölovlarini qaytariş imkoniyati bölmayapti.

















