27 may tongida Ozarboyjon Mudofaa vazirligi soat 03:00lar atrofida Armaniston qurolli kuçlarining razvedka-diversiya guruhi Kelbajar tumanining Yuxari Ayrim aholi punkti yaqinida «arman-ozar çegarasini buzib ötgani»ni ma'lum qildi.
«Ozarboyjon armiyasining çegara yaqinidagi pozitsiyalariga olib boruvçi ta'minot yöllarini minalaşga uringan olti nafar harbiy xizmatçi qurşovga olinib, qurolsizlantirildi va asir qilindi», deyiladi bayonotda.
Öz navbatida, Armaniston Mudofaa vazirligi Gegarkunik oblastining çegara hududida muhandislik işlari bilan maşğul bölgan olti nafar harbiy xizmatçi asirga tuşgani haqida xabar qilgan.
Keyinroq Armaniston boş vaziri vazifasini bajaruvçisi Nikol Paşinyan armanistonlik harbiy xizmatçilar minalaştiriş işlarini olib borganini tasdiqladi, ammo diversiya böyiça ayblovni rad etdi.
«Bizning harbiy xizmatçilar Ozarboyjon bilan çegarani tartibga soliş böyiça iş olib borib, ogohlantiruvçi belgilar bilan minalar joylaştirgan, diversiya maqsadi bölmagan», degan u hukumat yiğilişida.

«Hodisa bizning hududda sodir bölgan», deya qayd etgan Paşinyan («Interfaks»).
U çegaradagi hodisa «Ozarboyjon harbiylari körsatayotgani kabi odatiy hodisa emasligi»ni ta'kidlab ötgan. «Bu Armaniston hududiy yaxlitligiga va suverenitetiga daxl qiluvçi töğridan töğri xavfdir», degan Paşinyan.
Ozarboyjon TIV arman harbiylari çegaradan ötişga uringanini ma'lum qilib, buni 2020 yil 10 noyabrida tuzilgan, Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi uruşni töxtatgan, Moskva vositaçiligidagi uç tomonlama kelişuvni buziş deb atagan. 2020 yil kuzidagi uruşdan keyin Ozarboyjon 30 yilça muqaddam Armaniston tomonidan Toğli Qoraboğdagi egallab olingan hududlarning deyarli barçasini qaytarib olgandi.
«Arman diversantlari guruhi Ozarboyjon hududiga kirişga harakat qildi. Bu navbatdagi provokatsion akt va Armaniston tomonidan uç tomonlama kelişuvning buzilişi hisoblanadi», deya yozgan Ozarboyjon TIV rasmiysi Leyla Abdullayeva tvitterdagi sahifasida.
Ozarboyjon TIV çegaradan bir neça guruh ötişga uringani haqida xabar qilgan. «Bu guruhlar öz vaqtida aniqlandi. Guruhlardan biridan ikki kişi, yana biridan tört kişi qurolsizlantirildi va asirga olindi. Diversantlarning bir qismi qoçib ketdi», deyiladi bayonotda.














