Malida harbiy to‘ntaruvdan keyin chegaralar yopildi va komendantlik soati kiritildi
Malining harbiy rahbariyati mamlakatning havo va quruqlikdagi chegaralarini yopib, komendantlik soati kiritdi. 24 may kuni Malining vaqtinchalik prezidenti Ba Ndao va bosh vaziri Muxtor Uan harbiylar tomonidan hibsga olingandi.
Seneweb yangiliklar portalining xabar berishicha, komendantlik soati butun mamlakat bo‘ylab soat 20dan 6gacha amal qiladi. Ushbu choralar mamlakat rahbariyati harbiylar tomonidan hibsga olingandan keyin yuzaga kelgan siyosiy inqiroz bilan bog‘liq holda qabul qilingan.
Prezident va bosh vazir hukumatning yangi tarkibi e'lon qilingandan keyin hibsga olingan. 25 may kuni Mali vitse-prezidenti Assimi Goita ularni barcha vakolatlardan mahrum qilgan. 26 may kuni Ndao va Uan iste'foga chiqishini e'lon qilib, o‘z lavozimlarini tark etdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 26 may kuni Mali poytaxti Bamakoda Goita boshchiligidagi harbiylar va G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyatining (EKOVAS) mamlakatga kelgan delegatsiyasi a'zolari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tgan. Delegatsiyaga Nigeriyaning sobiq prezidenti Gudlak Jonatan boshchilik qilmoqda. EKOVAS Ndao va Uan zudlik bilan ozod qilinmasa, malilik harbiylarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishi bilan tahdid qilgan. O‘z navbatida, Goita ikki kun ichida yangi hukumat tayinlashni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan. Shu bilan birga, mamlakatning yangi vaqtinchalik prezidenti tayinlangunga qadar hokimiyat harbiylar qo‘lida qoladi. Biroq maslahatlashuvlar davom etmoqda va tomonlar hali o‘z fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Ba Ndao Malida 2020 yil avgustda sodir etilgan harbiy to‘ntaruvdan keyin vaqtinchalik prezident etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.11.2024
Malida «Vagner»ning bir necha jangchisi o‘ldirildi
15:35 / 25.11.2024
Malida «Vagner» XHKning bir necha yollanma askarlari o‘ldirildi
13:20 / 15.10.2024
Kiyev Malidagi isyonchilarga UUA yetkazib berilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi
07:51 / 06.08.2024