Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahar bojxona boşqarmasi “Çuqursoy” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida yirik miqdordagi tovarlarning yurtimiz hududiga noqonuniy kirib kelişining oldi olindi. Jumladan, bojxona postiga xorijdan qiymati 406 ming dollardan ortiq 3 turdagi tovarlar keltirilgan.
Mazkur tovarlarga elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasidagi “Ösimlik asosidagi ganoderma ekstrakti” tovarlariningtaşqi iqtisodiy faoliyat tovar kodlarida şubha uyğonganligi sababli bojxona körigidan ötkazilgan.
Tovarlarni közdan keçiriş davomida tovar qadoği ustlariga qölbola tarzda tovar yorliqlari yopiştirilganligi aniqlangan. Şuningdek, ötkazilgan ekspertiza xulosasiga köra, mazkur tovarlarning tovar kodlari notöğri tasniflanişi natijasida 1 mlrd 72 mln sömlik qöşimça bojxona tölovlari hisoblandi.
Natijada, qiymati 9 mlrd sömni taşkil etuvçi 48 952 quti “ösimlik asosidagi ganoderma ekstrakti” tovarlari vaqtinça saqlovga olinib, holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
















