«Mas'ul mansabdorlarning özi tor doiradagi tibbiyotni sindirişdi» – Mutaxassislar bilan soha muammolari haqida suhbat
|01:44 / 28.05.202129 29622 min
Tibbiyot fanlari doktori, professor, nevrolog Zarifboy Ibodullayev, Saudiya Arabistoni Madina şahridagi qirol Fahad şifoxonasi şifokor-anesteziologi, professor Abror Akmalov Kun.uz’ga bergan intervyusida oilaviy poliklinikalar va umumiy amaliyot şifokori tizimi bilan boğliq fikrlarini aytib ötdi.
– Özbekistonda tibbiyot sohasida işlovçilarning eng köp qismi, taxminan, 120 ming nafari oilaviy poliklinikalar hissasiga töğri keladi. Aholi eng birinçi navbatda şu poliklinikalarga murojaat qiladi. Biroq bu yerda ham kamçiliklar köp, malakali mutaxassislar yetişmaydi, moddiy-texnik baza haminqadar. Zamonaviy diagnostika jihozlari va zamonaviy laboratoriyalar haqida söz ham bölişi mumkin emas.
Mutasaddilar poliklinikalarda töğri va sifatli taşxis qöyilsa, aholining köp tarmoqli va maxsus klinikalarga murojaati kamayişini aytişmoqda. Ammo, eşitişimizça, muammoni hal qiliş uçun ğalati çora tanlanibdi. Respublikadagi közga köringan ilmiy markazlardan birining rahbari oilaviy poliklinikada bemorlarni qabul qilib, ularga maslahat berib ötirganini aytmoqda. Uning asosiy işi – operatsiyalari, darslari qolib ketmoqda. Sizningça, oilaviy poliklinikalardagi önglaş uçun nimalar qiliş kerak?
Abror Akmalov:
– Xorij tajribasidan kelib çiqib qaraydigan bölsak, hududlardagi tibbiyot muassasalarini rivojlantirişga, ularni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlaşga e'tibor qaratilayotganini körişimiz mumkin. Bilişimça, Özbekistonda ham xorijdan olib kelingan tibbiyot xodimlarini hududlardagi tibbiyot muassasalariga taqsimlaş rejalaştirilmoqda. Tibbiyotning qaysidir yönalişiga ixtisoslaşgan ilmiy markazlar, şifoxonalar va boşqa tibbiyot muassasalarida moddiy-texnika bazasi yetarli bölmasa, şifokorlar işlatadigan tibbiy jihozlar yetişmasa yoki umuman mavjud bölmasa, tibbiyot xodimlari zamonaviy dorilar bilan ta'minlanmasa, xorijdan eng zör mutaxassislarni olib kelgan bilan ham ular heç qanday iş qila olmaydi.
Bizda ayrim taşabbuslar xuddi velosipedni qayta kaşf qilişga öxşab qolmoqda. Bölayotgan işlar velosipedning ğildiragi dumaloq bölişi kerakligi hammaga ma'lum böla turib, xuddiki, kelinglar uni törtburçak qilib köraylik, deyilayotganga öxşaydi. Fikrimça, tibbiyot sohasida turli eksperimentlar qilavermasdan, rivojlangan davlatlarning tibbiyot sohasida yillar davomida sinovdan ötgan tajribasini olişimiz afzalroq.
Özbekistonda kimningdir taşabbusi bilan oilaviy şifokorlarni joriy etamiz, deb talabalarni şu yönalişda öqita boşlaşdi. Holbuki, bu narsa xorijda qaçonlardir sinovdan ötkazilib, allaqaçon yöqolib ham ketgan. Çet elda oilaviy şifokor degan tuşunça yöq. Masalan, men işlayotgan Saudiya Arabistoni podşohligida umuman yöq.
Mavzuga oid
Pereferiyalarni ta'minlaş kerak. Ularni ta'minlaganda oxirgi paytda şunaqa tendensiya ketyaptiki, bemorlar poytaxtdagi tibbiyot muassasalariga kelib yurişining oldini oliş maqsadida birinçi böğinning özida zarur operatsiyalar qilinsin, deb aytilmoqda. Bu mumkin emas, amalga oşirib bölmaydigan narsa. Çunki yuz nafar jarrohdan 10-15 nafarining qöli yengil bölib çiqadi va ular eng markazga joylaştiriladi. Hamma joyda şunaqa.
Abror Akmalov
Mana, masalan, reanimatsiya bölimini bilasizlar. U yerdagi tibbiy asbob-uskunalar, dori-darmonlarning xarajati juda yuqori turadi. Bir bemorning reanimatsiya bölimida bir sutka yotişi boşqa bölimlarga nisbatan juda qimmatga tuşadi. Endi, tasavvur qiling, şifoxonalardagi har bitta bölimda oğir ahvoldagi bemorlar yotib davolanadigan palatalar oçilişi, har bitta bölimda reanimatsion bemorlarga qaraydigan şifokor tayinlanişi – ilojsiz narsa. Şuning uçun ham eng qimmat tibbiy jihozlar, eng qimmat dorilar, eng malakali şifokorlarni bitta bölimga jamlab, reanimatsiya bölimi taşkil etilgan.
Tibbiy klinikalarda ham şu tartib saqlab qolinişi kerak. Masalan, qiyin muolajalar katta-katta markazlarda qilinişi, oğir bemorlar ana şu yoqqa yuborilişi kerak. Saudiyada ham xuddi şunday. Hududlardagi şifoxonalardagi moddiy-texnika bazasini, şaroitlarni zör qilib qöygan. Ulardagi daraja ixtisoslaşgan tibbiy markazlarnikidan qolişmaydi. Lekin u yerda oddiy şifokorlar işlaşadi. Kiçik-kiçik operatsiyalarni ular amalga oşiradi, kattaroq jarrohlik amaliyotlariga ehtiyoj tuğilsa, bemorlarni markazga yuborişadi. Xuddi şu narsani Özbekistonda ham joriy qiliş kerak. Şunda tor doiradagi tibbiyot mutaxassislari yetişmayapti, degan gaplar bölmaydi.
Zarifboy Ibodullayev:
– Adaşmasam, Özbekistonda UAŞ tizimiga şunaqa mukkadan ketildi. Hattoki, biz faqat umumiy amaliyot şifokorini tayyorlaymiz, deya talabalarning miyasiga singdirildi. Bu sözlarimni Toşkent tibbiyot akademiyasidagi professorlar ham tasdiqlaydi. Öşa paytlari hatto bizga nevropatolog, reanimatolog kadrlar kerak emasmikan, degan tuşunçaga ham borib qolgandik. Hamma kuç UAŞ tizimini rivojlantirişga yönaltirildi.
Hattoki, ba'zi öquv dasturlarini çuqurlaştirib yozmanglar, amaliyotga moslab yozinglar, degan körsatmalar berildi. Amaliyot ikki xil böladi: oddiy va murakkab. Bugun uzoqni öylamay qilingan ana şu işlarning mevasini körib turibmiz. SSV mamlakatimizda tor doiradagi mutaxassislar yetişmasligini aytmoqda. Bu – tor doiradagi kadrlar tayyorlaşni yiğiştirib qöyib, faqat UAŞ tizimini rivojlantirişga e'tibor qaratilganining oqibati. Prezident Şavkat Mirziyoyev mana şu masalani örtaga taşladi. Aslida bu muammolarni SSV kötarib çiqişi kerak edi.
Bu intervyuda aytayotgan sözlarimiz ham şundoq qolib ketsa kerak. Negadir köp taşabbuslar, oçiq aytilayotgan muammolar hukumat va davlat rahbariyatigaça yetib bormayapti. Pastda qolib ketyapti. Yöqsa, prezidentimiz ğoya berişsin deb aytyapti, lekin juda köp yaxşi fikrlar, ğoyalar tepaga bormayapti.
Sözlarimga bitta oddiy misol: psixosomatik tibbiyotni rivojlantiriş masalasi böyiça prezident farmoni loyihasini tayyorladim. Loyihani SSV va Oliy Majlis Senati mutaxassislari ham körib çiqişdi, hozir hujjat ularning qölida turibdi. Sohadagi eng dolzarb masalalarni kötargandim, lekin mas'ullar turli bahonalar bilan loyihani harakatdan töxtatib qöyişdi. Men tibbiyot psixologiyasi yönalişida darsliklar yozib, bu narsani rivojlantirib kelyapman. Bizda, ayniqsa, terapevtik yönalişdagi kasalliklarning 70 foizi psixosomatik buzilişlar, ular juda arzon diagnostika qilinadi, juda arzon davolanadi.
Yurtdoşlarimiz bu nima özi, deb söraşi mumkin. Şu bois, xalqona tilda tuşuntirib ötay. Hozir bir odamning boşi oğrib qolsa, «çerepnoy davleniye» (miyaning içki bosimi oşişi) deb turli dorilar yozib berilyapti, şu taşxis bilan muolaja qilinyapti. Aslida bu psixogen boş oğriği. Psixogen boş oğriği bu – asabdan böladigan boş oğriği. Buni aslida, tibbiy psixolog davolaşi kerak. Oilaviy poliklinikalarga, maslahat poliklinikalariga kamida 3 mingta tibbiy psixolog ştati kerak, deb bu masalani kötarib çiqqanimizda bor-yöği 150taça ştat ajratildi.
Bilmadim, endi tizim qanday amalga oşiradi. Men oilaviy poliklinika böyiça, UAŞ tizimi böyiça mutaxassis emasman. Lekin tor doiradagi mutaxassis sifatida şuni açiniş bilan ayta olamanki, tibbiyot sohasiga mas'ul mansabdorlarning özlari tor doiradagi tibbiyotni sindirişdi.
Ötgan yili Markaziy Osiyoda birinçi bölib 13 martda Qozoğistonda koronavirusga çaliniş holati rasman qayd etildi. 15 martda esa Özbekistonda ilk bemor aniqlandi. Qozoğiston yaqinda koronavirusga qarşi özining vaksinasini işlab çiqarişga erişdi. Bu ham öziga xos bir siyosat. Ilm-fan bobidagi raqobat bu. Rossiya ham «Sputnik V» vaksinasini işlab çiqariş orqali öz olimlarining ilmiy salohiyatini köz-köz qilmoqda.
Qozoğiston öz vaksinasini yaratganidan söng biznikilar ham Fanlar akademiyasida koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqarişga kirişilgani haqida xabar berildi. Bu ham Qozoğiston vaksinasini yaratibdi, sizlar qayerga qarab ötiribsizlar, deb tepadan aytilgan bölsa kerak. Virusologiya instituti allaqaçon bu işni amalga oşirsa bölardi. Ötgan vaqt davomida nima uçun uşbu institutning ilmiy personali özbek vaksinasini yaratişga kirişmadi. Agar biz öz vaksinamizni yaratganimizda Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozoğistonga sotişimiz mumkin bölardi. Olim sifatida mening içim kuyadi axir.
Ilgari Özbekiston ilm-fan vatani bölgan, Markaziy Osiyodagilar tibbiyotni bizda örganişgan, qöşni davlatlarning olimlari özimizda fan nomzodi, fan doktori bölişgan. Şu sababli koronavirusga qarşi vaksinani biz birinçi bölib yaratişimiz kerak edi, deb öylayman. Vaksina yaratiş uçun şaroit bölmasa, öşa paytda dod solib, vaziyatdan foydalanib, tepaga murojaat qilib, Virusologiya ilmiy tekşiriş institutining moddiy-texnik bazasini mutlaqo özgartirib yuborsa bölardi. Sport mamlakatni dunyoga tanitadi, deyişadi. Ilm-fan haqida ham şunday deyiş mumkin. Özbek vaksinasi işlab çiqilganda, yurtimiz nomini dunyoga tanitadigan zör bir kaşfiyot bölardi.
– Bugun tibbiyot institutlarini bitirayotganlar meditsina tizimida işlaşni istaşmayapti va özlarini farmatsevtikaga, xususiy sektorga urişmoqda. Ularni ham töğri tuşuniş kerak, oylik va şaroit bir ahvolda bölgaç, qanday qilib kelajaklarini bu kasb bilan boğlaş mumkin? Bu öz-özidan soha kelajagini söroq ostiga qöymayaptimi? Qanday qilib tibbiyotni jozibador kasbga aylantiriş mumkin? Sohaning obrösini tiklaş uçun nima qiliş kerak?
Zarifboy Ibodullayev:
– Mamlakatimizda 10-12 ming nafar tor doiradagi tibbiy mutaxassis yetişmayotgani oçiqlandi. Şunday bir şaroitda negadir tibbiyot institutlarining filiallarini oçişni köpaytirişyapti. Biroq bu muammoning yeçimi böla olmaydi.
Agarda oyliklar kötarilsa, işonçim komilki, yaxşi iş haqi tölanadigan sohalarga ötib ketgan kamida 6-7 ming nafar tor doiradagi tibbiy mutaxassis tibbiyotga qaytadi. Ayni paytda xorijda mehnat qilayotgan özbekistonlik şifokorlar Kun.uz’ga bergan intervyularida oç şifokor xavfli ekanini ta'kidlaşgan edi. Bu – qonuniyat. Har qanday inson, jumladan, şifokor ham eng avvalo, bola-çaqasini öylaydi. Ayni paytda berilayotgan oylikka qanoat qilib işlab yurgan şifokorlarga haykal qöyiş kerak. Suriştirib körilsa, hozir olayotgan oyligiga rozi bölib işlab yurgan tibbiyot xodimlari – bolaligidan şu sohaga mehr qöygan, odamlarga nafim tegsin, deb şu kasbni tanlagan insonlar.
– Nima deb öylaysiz, nega şifokorlarning huquqlarini himoya qiladigan qonun loyihasi qabul qilinmayapti?
Zarifboy Ibodullayev:
– Çunki öşa qonun loyihasini işlab çiqişga mas'ul hisoblangan mansabdorlar, qonunni qabul qiladigan deputat va senatorlar hamişa yaxşi joylarda davolanişadi. Ya'ni ularga bu muammoning qiziği yöq, şu bois bugun tibbiyot xodimlarning himoyasi uçun suv va havoday zarur bölgan qonunni qabul qiliş heç qanday sababsiz keçiktirilmoqda. Yuqori lavozimdagi şaxslarda ehtiyoj tuğilişi bilan vazirlikka bir oğiz qönğiroq qilişsa bas, şifokorlarning özlari ularning huzuriga yetib borişadi.
Qolaversa, amaldorlar uçun I, II hukumat şifoxonalari bor. U yerda ular e'tibor va ğamxörlik ostida bölişadi. Özim ham köp marta konsultatsiyalarga borganman. Ularni eng sara mutaxassislar köradi. Xullas, qorni töqning qorni oç bilan nima işi bor deyişadi-ku, öşanday holat bölmoqda.
Zarifboy Ibodullayev
Tibbiyot xodimlarini tajovuzlardan himoya qiluvçi qonunni, albatta, qabul qiliş kerak. Abror aka Akmalov avvalgi intervyularida Saudiya Arabistonida şifokorga qöl kötariş hatto tasavvurga ham siğmaydi, deb aytdilar. Özbekistonga içki işlar zobitiga yoki oddiygina kiçik serjantga qöl kötariş u yoqda tursin, salgina qarşilik qilinsa, davlat organi xodimining qonuniy talabiga böysunmadi, deya olib borib tiqib qöyişadi. Yigirma, öttiz, qirq yillik iş tajribasiga ega şifokorni, bölim mudirini yoki katta umidlar bilan otning kallasiday kontrakt tölab 10 yil öqigan şifokorni haqorat qiliş, kaltaklaş oddiy hol bölib qoldi.
Yaqinda Özbekistonda korrupsiya eng rivojlangan soha tibbiyot va ta'lim deb aytildi. Menimça, avval tibbiyotning ahvolini yaxşilaş, oyliklarni kötariş, xodimlar uçun şaroitlarni yaxşilaş lozim. Şundan keyin ham korrupsiyaga qöl uriş davom etsa, aybdorlar sözsiz jazolansa, adolatdan böladi. Men professor ilmiy unvoniga ega böla turib, oyligim ming dollardan sal oşadi. Kezi kelganda 2016 yildan maoşlarimiz ança kötarilganini aytmoqçiman, buning uçun minnatdorlik bildiraman. Lekin boşqa mamlakatlar, uzoqqa bormasdan qöşni Qozoğiston bilan soliştirganda, bu ança kam.
Keling, kiçkina tahlil ötkazamiz. Özbekistonda yaxşi vraçlar nega kam? Professor soat 14:00gaça işlaydi-da, iş vaqti tugagaç uyiga ketmaydi yoki öz ustida işlamaydi. Balki aksariyat tibbiyot xodimlari kabi xususiy klinikalarga borib, 3-4 söm pul topay, deydi. U fan nomzodi, doktor böldi, u yanada rivojlanişi uçun tinmay izlanişi kerak, aslida. Işdan keyin assistentlari bilan birga ötirib işlaşi, sohasiga oid yangiliklarni tahlil qilişi kerak.
Agar u professor ilmiy unvoniga ega şifokorlar beş ming dollar, ularning assistentlari uç ming dollar iş haqi olişganda edi, ular iş vaqti tugaşi bilan xususiy klinikaga qarab yugurişmasdi. Balki professor assistenti bilan birga ilm qilardi. Assistent ham bilimini oşiradi. U talabalarga örgatadi.
Faoliyatimizda tuturuqsiz topşiriqlar tez-tez uçrab turadi. Yaqinda klinik ordinatorlarni magistrlar, 5-6-kurs talabalarining böyini va boş suyagining aylanasini ölçatiş uçun yuborişdi. Darrov SSVning katta mutasaddilaridan biriga çiqib, buning sababini sörasam, amaliyotga ketdi, deb aytdi. Qanaqa amaliyot, oktyabr oyida, endi öqiş boşlanganda amaliyotga nima bor? Amaliyot yozda böladi-ku?
Qozoğiston öz vraçlarini Yevropaga yuborib öqitsa, biznikilar esa mahallabay işlaşga jalb qilmoqda. Buning ustiga viloyatlarga yuborilayotgan tibbiyot xodimlari öz hisobidan ketişmoqda, u yerdagi xarajatlari ham özlarining böynida. Bu uyat. Öquv jarayonini töxtatib qöyiş, böliş, kimnidir darslardan çiqarib olib hududlarga yoki mahallabay işlarga jalb qilişga heç kimning haqqi yöq.
Tepadagilar yaxşi şifokorlar yetişib çiqişini xohlaşsa, barça tibbiyot institutlarini, barça ilmiy-tibbiy markazlarni SSV tasarrufidan çiqarişi, ularning mutlaqo mustaqil faoliyat yuritişini ta'minlaş kerak. Soğliqni saqlaş vaziri ham kerak bölsa kelib, oddiy assistentga öqişingni töxtat, demasligi kerak. Bu sözlarim Şavkat Miromonoviçga borib yetar deb öylayman.
Dekanatga borasiz, köpçilik mahallalardagi tibbiy-maslahat, soğlom turmuş tarğiboti, şunga öxşaş işlarga jalb etilgan böladi. Kuratorlik tizimini şu qadar kuçaytirib yuborişdiki, soat uçdan keyin heç kimni iş joyidan topa olmaysiz. Hamma qayerdadir tarğibot-taşviqot işlari bilan yurgan böladi.
Yevropaga borib kelgan yuqori lavozimli mutasaddilar u yerdagi kutubxona öqituvçi va talabalar bilan töla ekanini aytib, sizlar nega ikkidan keyin işdan ketib qolasizlar, nega talabalaringiz bilan kutubxonalarga borib ötirmaysiz, deyişadi.
Özbekistonda ham yevropaça an'analarni joriy qiliş mumkin, faqat buning uçun men yuqorida aytgan şaroit bölişi kerak. Şifokorlarning ham, professor-pedagoglarning ham bola-çaqasi bor-ku. Hozir kutubxonaga borib ötirişsa, rözğorning kam-köstini qanday töldirişadi?
Bizda tibbiy ta'limni rivojlantiriş konsepsiyasining özi yöq. Oliy ta'limdan keyingi ta'limni rivojlantiriş konsepsiyasi yöq. Mana, tepadagilarning zörlovi bilan oxirini öylamasdan umumiy amaliyot şifokorlarni tayyorlaş (UAŞ) tizimi joriy etildi-da, tor doiradagi mutaxassislarni tayyorlaş tizimi yöqqa çiqdi. Klinik ordinatura, magistraturaga kiriş orzu edi. Hozir reanimotologiya yönalişida joy bor, ammo heç kim bu yönalişga hujjat topşirmayapti.
Abror Akmalov:
– Reanimotologiya tibbiyotning eng qiyin sohalaridan biri hisoblanadi. Butun dunyo böyiça ham bu yönalişda mutaxassislar kam. Endi Özbekistonda ilgari talaş bölgan tibbiy ta'lim yönalişiga hujjat topşirilmayotganiga kelsak, bunga oğir bemorlar bilan işlaşning öziga yaraşa qiyinçiligi, bemorning yaqinlari kelib janjal qilişi odat tusiga kirgani ham sabab bölişi mumkin.
Biz öqigan davrlarda birorta talaba ma'lum sohani puxta egallamoqçi bölsa, ustozlarga şogird tuşib, yonida yurardi. Ana öşalar qiziqişiga qarab magistratura va klinik ordinaturaga öqişga tanlab olinardi. Hozir imtihon topşirib olişyapti, bunda kafedralarning roli umuman yöq. Kim yuqori baho olsa, öşa magistratura yoki ordinaturaga öqişga kiradi. Biroq afsuski, ular sohaning qiyinçiliklarini tasavvur qilolmasligi, turli çiğiriqlarga bardoş berolmagani sababli ham, ulardan yaxşi mutaxassis çiqişi qiyin bölib qolgan. Magistratura yoki ordinaturada ta'lim olganlar öz sohalarida işlamayotgan holatlar ham köp uçrayapti. Holbuki, ular şu sohada nimagadir erişişi mumkin bölgan qaysidir talabani imkoniyatdan mahrum qilib, oliy ta'limning keyingi bosqiçiga öqişga qabul qilingan edi. Şu bois, bu masalani ham obdon öylab köriş, professor-öqituvçilarning bu boradagi fikrlarini olgan holda tizimga özgartiriş kiritiş kerak, deb öylayman.
Öquv tizimini SSV tasarrufidan çiqarsa yaxşi böladi, deb hisoblayman. Çunki oliy tibbiy ta'lim muassasalari akademik faoliyat, ya'ni meditsina uçun zarur mutaxassislarni tayyorlaş bilan, vazirlik esa davolaş işi bilan şuğullanişi kerak. Agar şu islohot amalga oşsa, tibbiy ta'lim sifatida ham özgariş böladi. Öqitiş tizimi, öqitiş dasturlari alohida bölib, vazirlikka böysunişi kerak emas. Vazirlik davolaş işini nazorat qilgani ma'qul.
– Kun.uz’da e'lon qilingan maqolangizda farmkompaniyalarning lobbilari haqida söz yuritgansiz. Tahririyat homiyligidagi «Sub'yektiv» loyihasi ijodkorlari şifokorlar va farmatsevtika fabrikalarining qöştirnoq içidagi aloqalarini foş etişgan edi. Ana şu jurnalistik suriştiruv davomida oilaviy poliklinikada faoliyat yuritayotgan oddiygina umumiy amaliyot şifokori hozirgi şaroit va iş haqiga könib işlayotgan ma'lum bir toifa mutaxassislargina qoldi, bizdan keyin tibbiyot kimga qoladi, degan oğriqli masalani örtaga taşlagan edi...
Zarifboy Ibodullayev:
– Qaysi davlatda tibbiyot qoloq bölsa, öşa davlatda farmakologik biznes rivojlanaveradi. Buni men talabalarimga ma'ruza qilganimda ham köp takrorlayman. Bu bir. Ikkinçidan, biz tibbiyotdagi farmakologik kompaniyalarga qaramlikni yöqotişimiz uçun respublika miqyosida dalillarga asoslangan tibbiyotni joriy qilişimiz kerak.
Har qanday dori A, B, C, D guruhlarga bölinadi. Oddiy xalqqa tuşunarli bölişi uçun izoh berib ötaman: A guruhiga kiruvçi dorilar bu – ta'sir doirasi 100 foiz isbotlangan dorilar; B guruhiga kiruvçi dorilar bu – ta'sir doirasi 75 foiz isbotlangan dorilar; qolganlari esa ta'sir doirasi isbotlanmagan dorilardir.
Sobiq sovet tuzumi parçalangandan keyin, Latviya, Litva va Estoniya rivojlangan mamlakatlarni kuzatişdi-da, dalillarga asoslangan tibbiyotga ötişdi. Keyinçalik Gruziya buni qabul qildi. Natijada öz-özidan kasalliklarga ta'sir qilolmaydigan yoki samarasi past, davolaşda heç qanday foyda berolmaydigan, nomiga işlab çiqarilgan dorilar öz-özidan öşa davlatlarning bozoridan çiqib ketdi.
Men avvalgi intervyularimda ham aytgandim: Toşkent tibbiyot akademiyasi va qolgan hamma tibbiyot institutlarida uçinçi kursdan boşlab dalillarga asoslangan tibbiyotni öqitişimiz kerak. Agar har bir talabaga dalillarga asoslangan tibbiyotni öqitib, insultni davolaş mana bunday böladi, zotiljamni davolaş esa unday böladi, revmatizmni davolaş esa bunday böladi, deb örgatilsa, u holda tibbiyot farmakologik kompaniyalar ta'sir doirasidan çiqadi.
Men nevrologiya sohasida işlab kelaman. Tibbiyot psixologiyasi yönalişida. Bizga rossiyalik olimlar tez-tez kelib turişadi. Negadir şu davlat şifokorlari yurtimizga serqatnov bölib qoldi. Dunyodagi şunça davlat bizga quçoğini oçib turgan bir paytda faqat rossiyaliklar bilan hamkorlik qilinişi, ular örgatgan yöriqdan yurilişi tuşunarsiz.
Ismini aytmasdan bir misol keltiraman. Bundan 4-5 yilça oldin rossiyalik bir nevrolog gemorragik insultni davolaş böyiça Özbekistonda bölib ötgan simpoziumda leksiya öqidi. Şifokorlar juda yaxşi bilişadi, gemorragik insult operativ yöl bilan davolanadi. 40 daqiqalik ma'ruzasida heç bölmasa, unga körsatmalar va monelik qiluvçi holatlarni e'tiborga olib, operatsiya qilinişi kerak, degan narsani tilga ham olmadi. Aytganlari biz biladigan dorilar, örgatganlari biz biladigan metodlar. Keçirasiz-u, biz Afrika qit'asidagi yoki rivojlanişdan ortda qolib ketgan boşqa davlatlar bilan teng emasmiz. Bu ma'ruza ana şunday davlatlarda öqilsa, yaraşardi. Bizga rossiyalik şifokorning ma'ruzasida aytilgan narsalar umuman kerak emas. Çunki odatda, çetdan, xususan, Rossiyadan Özbekistonga kelib ma'ruza qilib kelsang, falon miqdorda pul beriladi, agar mana bu dorini falon kasallikni davolaşda foydali deb aytsang, bunça miqdorda pul beriladi, deb aytişadi. Ğarbda bu narsa yöq.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi degan diplomni beradigan taşkilot bor. Bu taşkilotni likvidatsiya qiliş kerak. OAKning vakolatlarini institutlarning öziga beriş kerak. Bilişimça, xorijiy mamlakatlarda Oliy attestatsiya komissiyasi degan tuzilmaning özi yöq. Uning tugatilişi uşbu sohadagi korrupsiyaning yöqolişiga olib keladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi