«Superkontrakt degan balo tibbiy ta’limning oyoğiga haqiqiy tuşov böldi. Superkontraktga 250 mln söm tölab kiradiganlarning 90 foizi – ilmsiz talabalar. Oddiy anatomiyani bilişmaydi. Fursatdan foydalanib, Soğliqni saqlaş vazirligi, Oliy ta’lim vazirligiga taklif kiritmoqçiman: superkontraktdan voz keçiş yoki ularga bir marta imkoniyat berib, undan foydalana olişmasa, haydab yuboriş kerak.
Hurmatli superkontraktga kirgan talabalar! Men 30 yildan beri dars beraman, özingiz ariza yozing-da, öqişni taşlab keting. Bu sizlarga iltimosim, tavsiyam. Ota-onalaringizga ham.
Nega? Sizlar mening gapim bilan taşlab ketmasligingiz mumkin. Unda sizlar diplomni olib işga kirasizlar, yoningizga bemorlar keladi, men şunça vaqtdan beri nega tuzalmayapman, desa nima deb javob berasiz? Nega yaxşi bölmayapsan, allaqaçon tuzalişing kerak edi, bor ket, bölmasa toğam prokuror, ammam katta işda işlaydi, hozir telefon qilaman, dodingni beradi, deb ayta olmaysizlar. Bu ötmaydi şifokorlikda.
Imtiyoz yoki raqobat: oliy ta’limni rivojlantirişda qay biri muhimroq?
Sizlardan boş şifokor ham, soğliqni saqlaş taşkilotçisi ham çiqmaydi. Yaxşisi, aqlingiz bor payti ariza yozing, ilmingizni özingiz bilasiz. Biz sizlarni öqitamiz deb, aziyat çekmaylik. Sizlar qançadan qança yaxşi öqigan, özining bilimi bilan kiraman deb, 7-8 yillab topşirib, kira olmagan talabalarning örnini band qilib ötiribsiz. Ana ulardan zör şifokor çiqadi. Sizlardan esa yöq», deydi Zarifboy Ibodullayev.

Professor Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilib, oliy ta’limdan imtiyozni yöq qilişni söradi.
«Superkontrakt böyiça öqişga kirgan talabalar dekabrdan qabul qilinmoqda. Bu qanaqasi? Ötib ketgan sikllar nima böladi? Boring, prokuror böling, boşqa kasb egasi böling, ammo şifokorlik sizlarga öyin emas! Barça san’atlar içida eng buyugi tibbiyot, degan donolar.
Vazirlar Mahkamasiga murojaatim: imtiyoz degan narsalarni yöqqa çiqaringlar. Abror aka Akmalov ham avvalgi intervyularida

















