Boş vazir örinbosari Behzod Musayev Kun.uz'ga bergan intervyusida xorijda işlayotgan özbekistonlik yuqori malakali tibbiyot xodimlarini vatanga qaytişga çaqirdi va xorijdan qaytgan şifokor-mutaxassislarga uyoqdagidan kam bölmagan maoş tölanişi, ular yaxşi lavozim va uy-joy bilan ta'minlanişi, ularni qaysi tumandagi qaysi klinikaga joylaştiriş masalasi bilan Vazirlar Mahkamasida şaxsan özi şuğullanişini aytgandi.

Kun.uz professor, nevrolog Zarifboy Ibodullayev, Saudiya Arabistoni Madina şahridagi qirol Fahad şifoxonasi şifokor-anesteziologi, tibbiyot fanlari doktori Abror Akmalov hamda lor şifokori, uzoq yillar Somalida faoliyat olib borgan, ayni paytda Özbekistonga qaytgan Ilhom Mirvaliyevning uşbu taşabbus qançalik samara berişi haqidagi fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.

– Xolis aytadigan bölsak, bu xorijiy davlatlarga işlaş uçun çiqib ketgan şifokorlarni Özbekistonga qaytariş böyiça ikkinçi uriniş. Avvalroq ham bunday taşabbus bildirilgan, biroq berilgan katta-katta va'dalarga işonib vatanga qaytganlarning köpçiligi salohiyatiga munosib joylarga qöyilmagani uçun köplab mutaxassislarning hafsalasi pir bölib, ortlariga qaytib ketganini orqavarotdan eşitib yuribmiz. Sizningça, bu galgi uriniş qanday natija beradi? Ötgan galgi ssenariy takrorlanmasligiga kafolat bormi?

Zarifboy Ibodullayev, professor, nevrolog:

– Avvalo, muhtaram Behzod Musayev bu masalada Soğliqni saqlaş vazirligi bilan maslahatlaşdimikan, degan savol paydo böladi. Ikkinçidan, men eng katta tibbiyot dargohi bölmiş Toşkent tibbiyot akademiyasida öttiz yildan buyon işlayman, kelib hurmatli professorlar, ahvolingiz qanday, akademiyani xorij darajasiga olib çiqiş uçun sizlarga qanday şaroitlari qilib beriş kerak, nima kamçiliklar bor, deb şu paytgaça kattalarimizdan heç kim yurakdan qiziqqani yöq.

Eng qiziği, Behzod Musayevning bu intervyusidan keyin men Human.uz’ga çiqib bu haqda gapirdim. Menga hamkasblarim haligaça qönğiroq qilib, intervyudan keyin hukumatdan, boş vazir örinbosari yoki u kişining yordamçilari aloqaga çiqdimi, bildirgan fikrlaringiz böyiça yuzma-yuz suhbatga çaqirişdimi, deb söraşadi. Heç kim şu paytgaça men bilan boğlangani ham, fikrlarimga rasman munosabat bildirgani ham yöq.