Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston hukumati toliblar bilan tinchlikka erishish rejasini ishlab chiqdi
Said Toyyib Javodning ta'kidlashicha, toliblar "boshqa afg‘onlar bilan birgalikda bir ovozga ega bo‘lishi kerak", ammo ular barcha afg‘onlarni faqat ularning qoidalari bo‘yicha yashashga majburlamasliklari lozim.
Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakati bilan tinchlikka erishish masalalari bo‘yicha umumiy reja ishlab chiqdi. Bu haqda Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisi Said Toyyib Javod ma'lum qildi.
"Bizda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha umumiy reja bor, ammo tinchlikka har ikki tomon murosasi orqali erishish kerak bo‘ladi. Tinchlik – bu murosa qilish, narigi tomonning nuqtai nazarini qabul qilish", dedi u.
Elchi shuningdek, Afg‘oniston hukumati qanday masalalarda murosaga tayyor emasligini ham aytdi.
"Biz afg‘on fuqarolarining fundamental huquqlari – saylov, siyosiy jarayonlarda qatnashishi masalalarida murosaga bormaymiz. Ayollar uchun esa ta'lim olish va erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lish borasida", - dedi u.
Uning ta'kidlashicha, toliblar "boshqa afg‘onlar bilan birgalikda bir ovozga ega bo‘lishi kerak", ammo ular barcha afg‘onlarni faqat ularning qoidalari bo‘yicha yashashga majburlamasliklari lozim.
- "Toliblar shunday yashashni xohlashlari ularning huquqi. Ammo ular qolgan aholini ham o‘zlariga bo‘ysunishga va ularning qoidalari asosida yashashga majbur qilmasliklari kerak", - dedi elchi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026