Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda maktab o‘quvchilari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar hokimligi binosi yaqinida maktab o‘quvchilari o‘rtasida sodir etilgan janjal aks etgan video lavha tarqaldi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 26 may kuni Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida Buxoro shahar hokimligi binosi oldida janjal sodir etilgan. Holat Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismida yuritilayotgan Shakl-2 jurnaliga qayd etilib, kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Mushtlashuvda tan jarohati olgan A.A. va J.R.ning olgan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda voyaga yetmagan F.J., F.J. va A.A. hamda boshqalarning harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
10:59 / 26.05.2026
Kitobxon yoshlar uchun 50 ming dollarlik mukofot joriy etildi
08:20 / 25.05.2026