Jahon | 15:22 / 29.05.2021
4769
1 daqiqa o‘qiladi

Mali konstitutsion sudi polkovnik Goitani vaqtinchalik prezident etib tayinladi

Assimi Goita chorshanba kuni o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgandi. 

Mali konstitutsion sudi polkovnik Assimi Goitani mamlakatning vaqtinchalik prezidenti etib tayinladi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.

Assimi Goita chorshanba kuni o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgandi. U 2020 yil avgustda amalga oshirilgan birinchi davlat to‘ntarishiga rahbarlik qilgandi.

U Malining oxirgi vaqtdagi ikkinchi vaqtinchalik prezidenti bo‘ldi. O‘tgan yili prezident Ibrohim Bubakar Keyta va bosh vazir Bubu Sisse harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgandan keyin o‘tish hukumati tasdiqlanib, Ba Ndao vaqtinchalik prezident etib tayinlangandi. O‘tish davri 1,5 yil davom etishi, so‘ngra 2022 yil fevralda saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilangandi.

Biroq 24 may kuni harbiylar Ba Ndao, bosh vazir Muxtor Uan va yangi mudofaa vaziri Sulaymon Dukurni hibsga olishdi. Keyinroq ular iste'foga chiqarildi va hibsdan ozod qilindi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid