14 ta moddadan iborat qonunga muvofiq, 7 ta kodeks hamda 5 ta qonunga, xususan, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Budjet, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslariga, “Notariat to‘g‘risida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi, “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi hamda “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanib, ma'muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Bundan tashqari, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasida nazarda tutilgan sanksiya yangi tahrirda qabul qilinmoqda hamda mazkur modda ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda.