Ma'lum qilinişiça, 28 may kuni soat 19:00larda M34 Toşkent–Duşanbe xalqaro avtomobil yölining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Yangihayot» mahalla fuqarolar yiğini hududidan ötgan 136-kilometrdagi qismiga tutaş bölgan yer maydonidan 100 foiz kuyib ketgan inson jasadi topilgan.

Qayd etilişiça, mazkur jasad Toşkent şahri Uçtepa tumanida yaşovçi 1974 yilda tuğilgan şaxsga tegişli bölib, jasadda qotillik alomatlari bölgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, marhumning ölimi tanasining 100 foiz kuyişi oqibatida kelib çiqqani aniqlangan.

Mazkur qotillik işi yuzasidan 28 may kuni Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi (öta şafqatsizlik bilan qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda Sirdaryo viloyati prokuraturasi va Içki işlar boşqarmasining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni foş etiş çoralari körilmoqda.