Xatirçi tumani hokimining 2014 yil 17 martdagi Q-263-sonli qarori bilan fuqaro M.M.ga «Pölkan şoir» massivi hududidagi tuman zaxira yerlari hisobidan fermer xöjaligi taşkil etiş uçun 74,9 gektar yer ajratib berilgan. Marhum uşbu yerda fermer xöjaligi taşkil qilgan. Ammo tuman hokimligi ajratilgan yer maydonlaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanganlik vaji bilan 2020 yil 4 mart kuni «Şerali Bobur 2018» fermer xöjaligi yerlarini tuman hokimligi zaxira yerlari hisobiga qaytarib oliş böyiça Q-424-sonli qaror çiqargan.
Fermer xöjaligi raisi uşbu holat yuzasidan Xatirçi tumani Adliya bölimiga murojaat qilgan. Adliya bölimi esa fermer xöjalik manfaatini közlab, Xatirçi tuman ma'muriy sudiga şikoyat arizasi kiritib, tuman hokimining 2020 yil 4 martdagi Q-424-sonli qarorini haqiqiy emas deb topişni söragan.
2020 yilning 10 sentyabr kuni Xatirçi tuman ma'muriy sudi işni körib çiqib, adliya bölimining arizasini qanoatlantirişni rad etgan. Fermer yuqori sudga apellyatsiya şikoyati kiritgan.
Biroq, sud majlisi belgilangan sanaga yetmay turib, fermerning jasadi tumanning Polvonota mahallasi hududidan ötgan ariqdan topilgan. Sud-tibbiy ekspertiza fermerning ölimi yurak nafas yöllarining suv bilan berkilişi tufayli mexanik asfiksiyadan kelib çiqqanligi haqida xulosa bergan. Ammo marhumning qarindoşlari uşbu ölimni şubhali deb hisoblaşdi.
Fermerning ölimidan söng, 2020 yilning 9 dekabr kuni Xatirçi tuman Adliya bölimining şikoyat arizasi asosida Karmana tuman ma'muriy sudi tomonidan iş qayta körilgan va tuman hokimining fermer xöjalik yerini zaxiraga qaytariş haqidagi qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Şuningdek, M.M.ning akasi Hamro Mustafoyevning ma'lum qilişiça, yaqinda marhumning qabri oçilib (eksgumatsiya), qayta sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilgan.
Şundan söng, joriy yilning 31 mart kuni holat yuzasidan bir qator tergov harakatlari ötkaziş lozimligi inobatga olinib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi viloyat prokuraturasi rasmiy bayonotida.
















