Namangan viloyati Töraqörğon tumanining barça hududlarida 29-31 may kunlari «Yangi Özbekiston yoşlari, birlaşaylik» şiori ostida yoşlar festivali bölib ötdi. Unda tuman hokimi Zulayho Mahkamova ham iştirok etdi.

Tuman hokimligi matbuot xizmatining qayd etişiça, festival davomida turli köngiloçar musiqiy va sport tadbirlari, kitobxonlik, ibratli oilalarning körik-tanlovlari, tadbirkorlik namunalari, böş iş örinlari yarmarkasi kabi köplab tadbirlar ötkazilgan.

Tumandagi yoşlarning erişgan yutuqlari, közlagan marralari, iqtidor va salohiyatlari namoyiş etilgan. Tanlovlar ğoliblari va faol iştirokçilar tuman hokimligining maxsus sovğalari bilan taqdirlangan.