BMT Boş Assambleyasida Eron va Markaziy Afrika Respublikasi ikki yil davomida taşkilotga badal pulini tölamagani sababli ovoz beriş huquqidan mahrum etildi. Bu haqda BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning Boş Assambleya 75-sessiyasi raisi Volkan Bözkirga yuborgan maktubida aytilgan.
Ta'kidlanişiça, badal qiymati mamlakatning aholi jon boşiga daromadi hisobga olingan holda 10 yillik yalpi içki mahsulot örtaça körsatkiçi va taşqi qarzi böyiça belgilanadi. Ta'kidlanişiça, hisob-kitoblarga köra, Eron BMTga 16 mln dollardan, MAR esa 29 ming dollardan köproq badal tölaşi lozim.
Ma'lumotlarga köra, BMTga a'zo davlatlardan umumiy hisobda 5ta mamlakat – Eron, MAR, Komor orollari, Somali hamda San-Tome va Prinsipi badal tölovi böyiça qarzdorlikka ega. Biroq Eron va MARdan taşqari qolgan barça davlatlar Boş Assambleyaning 75-sessiyasi oxiriga qadar ovoz beriş huquqini saqlab qolgan.
Ta'kidlanişiça, BMTga a'zo davlat qarzdorligi oxirgi 2 yilda tölanişi kerak bölgan badal puliga teng bölsa yoki undan oşib ketsa, u Boş Assambleyada ovoz beriş huquqidan mahrum etiladi.

















