Ma'lumotlarga köra, harbiy kema xalqaro suv hududlarida maşğulot olib borayotganda uning tizimlaridan birida yonğin çiqqan. Yonğinga qarşi kuraş 20 soat davom etgan, biroq uni töxtatişning iloji bölmagan. Natijada yonğin kemaning boşqa qismlariga ham ötib, uning suv ostiga ğarq bölişiga olib kelgan.
Kemada yonğin boşlangaç, uning butun ekipaji sohilga evakuatsiya qilingan. Yonğin çiqişiga nima sabab bölgani hozirça ma'lum qilinmagan.
Reuters va Associated Press axborot agentliklarining xabar berişiça, Kharg Eron harbiy flotining eng katta kemasi bölgan. U dengizdagi boşqa kemalar ta'minoti, oğir yuklarni taşiş bilan şuğullangan va vertolyotlar uçun havoga kötariliş maydonçasi bölib xizmat qilgan.
Ma'lumotlarga köra, kema Britaniyada qurilib, 1977 yilda suvga tuşirilgan. U Eron harbiy floti tarkibiga 1984 yilda kiritilgan.

















