Jizzax şahrida qoida buzgan haydovçi bilan muloqot davomida özini nosamimiy tutgan va uni sökkan YPX xodimi işdan böşatilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 12 aprel kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Z.Pölatov, Z.Ğaniyev va Ş.Murodov Jizzax şahar, I.Karimov şohköçasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtda inspektor Ş.Murodov tomonidan «VAZ-2108» maşinasi haydovçisi yöl harakati qoidalari 99-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan harakatlangani bois töxtatilgan.
YPX xodimi haydovçidan me'yoriy hujjatlarini taqdim qilişini söraganda, haydovçi hujjatlarini taqdim eta olmagan. Haydovçi A.J.ga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma tuzilib, «VAZ-2108» vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga maxsus evakuator yordamida olib ketilayotganda, haydovçi YPX xodimiga e'tiroz bildirib, qarşilik körsatgan. Şunda inspektor Ş.Murodov ham haydovçi bilan muloqot jarayonida odob-axloq normalaridan çetga çiqib, unga nosamimiy munosabatda bölgan.
Haydovçi YPX xodimi bilan örtalarida bölgan muloqotni videolavhaga yozib olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Şundan söng Jizzax viloyati IIB tomonidan haydovçi va YPX inspektori Ş.Murodov xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Mazkur tekşiruv xulosasiga köra, xizmat faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisida»gi Nizom hamda içki işlar vazirining ayrim me'yoriy buyruqlari talablarini buzgani uçun Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimi Ş.Murodov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.












