APL rasmiy saytining e'lon qilishicha, «Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Ushbu sovrin uchun Diashdan tashqari, Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Jyek Grilish («Aston Villa»), Harri Keyn («Tottenhem»), Meyson Maunt («Chelsi»), Muhammad Saloh («Liverpul») va Tomash Souchek («Vest Hem») da'vogarlar qatoriga kiritilgandi.

Avvalroq, Diash jurnalistlar talqiniga ko‘ra ham APLda yil o‘yinchisi deb topilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Diash sentabr oyida «Benfika»dan 68 million yevro evaziga «Manchester Siti» safiga o‘tgandi. Ruben APL joriy mavsumida 32 o‘yinda bitta gol urib, yakunda klubi bilan chempionlikka erishdi.