Navoiy viloyatining Uçquduq tumanida mahallalar soni bittaga köpaymoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga xalq deputatlari Uçquduq tumani kengaşining hududda yangi mahalla taşkil etiş haqidagi qarori loyihasi joylaştirildi.
Qarorga muvofiq tumandagi Yölçilar ovuli hamda Mustaqillik, Abay, Döstlik mahallalari hududida yangi mahalla fuqarolar yiğinini tuziş közda tutilmoqda. Davlat soliq qömitasi huzuridagi kadastr agentligi ekspert komissiyasining xulosasiga asosan yangi tuzilayotgan mahallaga «Iftixor» nomi berilişi rejalaştirilgan.
Qaror bilan tumandagi tegişli mas'ullarga yangi taşkil qilingan mahallalar hududida yaşovçi aholining fuqarolik pasportlariga özgartiriş kiritiş, yangidan tuzilgan mahalla fuqarolar yiğinlariga nomi yozilgan körsatgiç va belgilar, peşlavhalarni zamonaviy dizayn asosida örnatiş, ularni ma'muriy bino va kerakli jihozlar bilan ta'minlaş vazifasi topşirilgan.
Şuningdek, qaror ilovasiga köra, yangi tuzilayotgan mahallaning maydoni 115,8 gektar qilib belgilangan. Qaror muhokamasi 16 iyun kuni yakunlanadi.
Oldinroq viloyatning Karmana tumanida «Dehqonobod», «Buyuk ipak yöli», «Yangihayot» nomli yangi MFYlar taşkil etilgandi.











