Navoiy viloyati hokimligi 369 mln sömga yangi Malibu-2 avtomobilini sotib olmoqda. Tegişli ma’lumotlar davlat xaridlari portaliga joylangan.
Ma’lum bölişiça, hokimlik yangi avtomobil xaridi borasida 2021 yil 18 may kuni «Navoiy Avtotexxizmat» MÇJ bilan şartnoma tuzgan. 3 iyun kuni bu şartnoma şartlariga özgartiş kiritiş böyiça qöşimça kelişuv imzolangan.
Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban ma’lum qilişiça, 369 mln sömlik maşina yangi joriy etilgan viloyat hokimi örinbosari lavozimi uçun möljallangan.
Biroq, aprel oyidagi hukumat qaroriga asosan, viloyatlar hokimlarining örinbosarlari uçun sotib olinadigan avtomobillarning eng yuqori narxi 1500 BHM deb belgilangan. Bu – hozirgi vaqtda 367,5 mln sömni taşkil etadi (1500x245000).
Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotga köra, xarid haqidagi şartnomaga muvofiq hokimlik maşina narxining 100 foizini iyun oyida tölaşi kerak. Biroq hokimlik matbuot xizmati Kun.uz'ga taqdim etgan izohda Malibu-2 avtomobili hali sotib olinmaganini iddao qildi.
«Ayni paytda «Malibu» rusumidagi avtomaşina xarid qilinmagan, faqatgina tender asosida sotib oliş uçun lot şakllantirilgan.
Tender tanloviga qöyilgan avtomaşina «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Özbekistan Respublikasi Qonunining 21-moddasi hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi «Turizm va sport vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi PQ-5054-sonli qaroriga asosan, 2021 yilning 28 aprel kuni Navoiy viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari – turizm va sport boş boşqarmasi boşliği etib tayinlangan Mirzayev Sa’dullo Mirzayeviçga möljallangan», – deyiladi Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati izohida.
Rasmiy bildirişda, şuningdek, aprel oyidagi hukumat qaroriga binoan xizmat avtomobillari mansabdorlarga şaxsan biriktirilişi, qaror «talablaridan kelib çiqqan holda tender loti şakllantirilgani» aytiladi.














