Qashqadaryoda maxsus guvohnomasiz tadbirkor faoliyatini tekshirgan soliq xodimi 2,5 million so‘m jarimaga tortildi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida maxsus guvohnomasiz tadbirkor faoliyatini tekshirgan soliq xodimi tuman sudi qarori bilan 2,5 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Kun.uz’ga Biznes-ombudsman devonining Qashqadaryo viloyati mas'uli Sheroz Shodiyev ma'lum qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, Kitob tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori U.T. maxsus guvohnomaga ega bo‘lmagan holda inspeksiyaning 2020 yil 25 sentyabrdagi buyrug‘ini asos qilib tumanda faoliyat olib borayotgan MChJlardan birida kameral soliq tekshiruvi o‘tkazgan.
Sheroz Shodiyevning ta'kidlashicha, Soliq kodeksining 137-moddasiga ko‘ra kameral soliq tekshiruvi soliq tekshiruvlari turlariga kiradi. Shu sababli qayd etilgan qonunbuzilish holati yuzasidan Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan Kitob tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimi U.T.ga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudida ko‘rib chiqilgan va uning 2021 yil 31 maydagi qarori bilan huquqbuzarga 2 million 450 ming so‘m jarima jazosi qo‘llangan.
«Amaldagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlar uchun talablar belgilangan. Jumladan, «Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini tekshirishiga ruxsat berilgani to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi», deydi Sheroz Shodiyev.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00
Mavzuga oid

14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi

11:50 / 18.02.2025
Namanganda gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan tadbirkor aniqlandi

18:54 / 17.02.2025
«Qat’iy belgilangan AOS korrupsiyaning oyog‘iga bolta urgandi, endi uni bekor qilishmoqchi» – soliq maslahatchisi

22:20 / 11.02.2025