Işga tiklanişi masalasi Oliy sudda kassatsiya tartibida takroran körib çiqilib, ijobiy hal bölgan sobiq bojxonaçi – Panji Haydarov 3 iyun kuni Bojxona tizimiga işga tiklandi. Bu haqda uning özi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Panji Haydarovning qöşimça qilişiça, 3 iyun kuni uni Qoraqalpoğiston bojxona boşqarmasiga işga tiklaş böyiça Davlat bojxona qömitasi raisining buyruği çiqarilgan. Uşbu boşqarma P.Haydarovning sönggi işlagan joyi hisoblanadi, ya'ni u Oliy sud ajrimiga asosan 2021 yil 13 mart kuni qaytadan işdan böşatib yuborilguniça ham uşbu boşqarmada mehnat faoliyatini yuritgan.

Şuningdek, Oliy sudning 2021 yil 26 aprel kungi ajrimiga asosan P.Haydarovning qonunga xilof ravişda qamoqda saqlangan vaqti, jazo ötagan vaqti va lavozimidan çetlaştirilgani tufayli işlamay yurgan vaqti uning umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik böyiça iş stajiga qöşildi.

Bundan oldinroq Panji Haydarov bilan birga sudlarda iştirok etgan bir neça sobiq bojxonaçilarning işga tiklanişi Oliy sud tomonidan muddat ötkazib yuborilgani vaji bilan rad etilgan, ammo ular yangi oçilgan holat böyiça işni qayta köriş böyiça ariza bergani xabar berilgandi.