Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident bozorda narxni tushirish uchun tadbirkorlarni majburlash amaliyotini tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik va aholi bandligi masalalari bo‘yicha vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bozordagi narx-navoni tadbirkorlarni majburlash orqali ushlab turish amaliyotiga qarshi gapirdi.
«Bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish, bu – tadbirkorlarni majburlash, ularga mahsulotini past narxlarda sottirish, degani emas. Birinchi galda, tadbirkorlarga bozorda taklifni ko‘paytirish uchun sharoit yaratib berish kerak.
Shuningdek, chorvachilikning qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yo‘nalishlariga alohida e'tibor qaratish lozim.
Yil yakuniga qadar parranda go‘shti yetishtirishni 450 ming tonnaga yetkazish kerak.
Eng tez yetishtirish imkoniyati mavjud mahsulot, bu parranda go‘shti. Parranda 1 kilogramm vazn olishi uchun 1,7 kilogramm, qoramolga esa 8 kilogramm ozuqa-yem talab etiladi», deya prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
14:22 / 12.06.2026
Mevalar nega qimmat?
09:58 / 23.05.2026