Tikkan narsalarim menga zavq bag‘ishlaydi - namanganlik tikuvchi nogiron qiz
Nigora Ergasheva Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida yashaydi, u bolalikdan ikkinchi guruh nogironi. Nigora tikuvchilik va zardo‘zlik bilan shug‘ullanadi, u bu hunarni xolavachchasidan o‘rgangan.
“Birinchi choynak yopqichga zar qadaganman, oddiy guldan boshlaganman. Keyin sekin-sekin qiziqishim ortib borgan. Zar tikaman, munchoq qadayman. Men uchun qiziqarli, zavqli ish. Bitta narsam bitsa, xursand bo‘lib ketaman. O‘zimga chiroyli ko‘ylaklar tikib olaman”, – deydi Nigora.
Qahramonimizning aytishicha, zar tikish sabr va sinchkovlik talab qiladi. U bir mahsulot tayyor bo‘lishi uchun 5-6 kun vaqt sarflaydi. Nigora tikkan narsalarini sovg‘a qilishni yaxshi ko‘radi. Buyurtma asosida ham tayyorlab beradi.
“Choynak yopqich, ovqat yopqich, yelpig‘ich tikaman. Naqsh qiyin bo‘lsa, ko‘proq vaqt ketadi, oson bo‘lsa, tez bitadi. Naqshga bog‘liq. Lekin men tez tikaman. Naqshlarini o‘zim o‘ylab topaman. Zar tikish ko‘p vaqt talab qiladi, lekin shoshilmasdan tikish kerak. Shoshib tikilsa, sifatsiz bo‘lib qoladi, orasi ochiq bo‘lib qoladi”, – deydi u.
Nigora mahalladoshlariga ham zardo‘zlik sirlarini o‘rgatmoqda. U ko‘plab shogirdlar chiqargan.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
-
Fitso davlat to‘ntarishi tahdidi yuzasidan Slovakiya Xavfsizlik kengashini chaqirdi
Jahon | 11:55
-
Toshkent - Xo‘jakent temiryo‘li Chinorkentgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:52
Mavzuga oid
11:51 / 14.02.2024
Namanganda hokim yordamchisi tuman hokimi etib tayinlandi
18:24 / 12.02.2024
Uchqo‘rg‘on tumani hokimi ishdan ketdi
22:19 / 06.05.2023
“Kuniga 60 ming so‘m topamiz” – qo‘l mehnati ortidan o‘g‘il uylab, qiz uzatgan ishchi ayol hikoyasi
20:57 / 17.02.2022