Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yuk maşinasi yonib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bugun, 9 iyun kuni soat 10:50 larda, haydovçi U.A. «GAZ-53» rusumli yuk maşinasida Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Sersuv köçasida harakatlanib ketayotganda dvigatel qismida qisqa tutaşuv kelib çiqqan. Haydovçi hodisani payqab, maşinani töxtatgan. Şundan söng, maşinada yonğin kelib çiqqan.

Qayd etilişiça, yonğin öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisada heç kim tan jarohati olmagan. Yonğin oqibatida yuk maşinasining dvigateliga jiddiy zarar yetgan. Uning salon qismlari töliq yonib ketgan.

Ta'kidlanişiça, mazkur hodisa yuzasidan Paxtaobod tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilib, yonğin yuzaga keliş sabablari örganilmoqda.