Bugun Özbekiston taşqi işlar vazirligida Qatar boş vaziri örinbosari, taşqi işlar vaziri şayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniyning mamlakatga rasmiy taşrifi doirasida Özbekiston va Qatar hukumatlari örtasida havo qatnovi töğrisidagi bitim imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Bitim Özbekiston nomidan taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qatar nomidan uşbu davlat boş vaziri örinbosari, taşqi işlar vaziri şayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniy tomonidan imzolandi
Bitim havo qatnovini taşkil etiş, aviakorxonalarni tayinlaş, ularga parvozlarni amalga oşiriş huquqini beriş, belgilanadigan manzillarni aniqlaş, sertifikat va litsenziyalarni tan oliş, ikki davlatda tayinlangan aviakorxonalarning vakolatxonalari faoliyatini tartibga soliş kabi masalalarni nazarda tutadi.
Hujjat qoidalariga köra, har bir tomonning belgilangan aviataşkilotlari ikkinçi davlat hududida kelişilgan manzillarda qönişni amalga oşiriş va ularning hududlaridan qönmasdan uçib ötiş uçun tegişli huquqlardan foydalanadi.
Bitimda Özbekiston va Qatar örtasidagi havo qatnovlarini rivojlantiriş maqsadida aviataşkilotlarga doimiy qatnovlarni amalga oşirişni ta'minlovçi va bojxona yiğimlari, soliq va boşqa tölovlardan ozod etuvçi imtiyozlar özaro asosda taqdim etilişi nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, hujjatda aviatsiya sohasidagi xavfsizlik va ikki mamlakat aviatsiya taşkilotlari örtasida yuzaga kelişi mumkin bölgan bahslarni hal etiş me'yorlari hamda özaro hamkorlik qilişning boşqa şartlari belgilab qöyilgan.
Ma'lumot uçun, joriy yil 6-7 aprel kunlari Toşkentda Özbekiston va Qatarning fuqaro aviatsiyasi sohasidagi özaro hamkorligini yanada rivojlantiriş maqsadida ikki davlat aviatsiya ma'muriyatlari vakillari örtasida muzokaralar bölib ötgan edi.
Mazkur muzokaralarda Qatar fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi, Özbekiston transport vazirligi, «Özaviatsiya» agentligi hamda tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari - «Uzbekistan Airways» AJ va «Qatar Airways» aviakompaniyasi vakillari iştirok etgandi.
Öşanda Özbekiston va Qatar örtasida töğridan töğri havo qatnovlarini yölga qöyiş, havo qatnovi töğrisidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitim loyihasi böyiça işlarni yakuniga yetkaziş, «Uzbekistan Airways» va «Qatar Airways» aviakompaniyalari örtasida hamkorlik örnatiş va boşqa masalalar muhokama qilingan.

















