«Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni ta'minlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş va ularni bozor aktiviga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida» prezident farmoni qabul qilindi.
Farmondan közlangan maqsadlardan biri – yerning iqtisodiy qiymatini belgilaş orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obekti sifatida erkin muomalaga kiritiş.
Hujjatga köra, 2021 yil 1 avgustdan boşlab:
— yer uçastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida, davlat taşkilotlariga esa doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratiladi;
— meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtinça foydalaniş huquqi bilan yer ajratiş tartibi bekor qilinadi; bunda ilgari ajratilgan yer uçastkalariga bölgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi;
— ijaraga olingan yer uçastkasida qonunçilikda belgilangan tartibda qurilgan köçmas mulk obektiga mulk huquqi boşqa şaxsga ötgan taqdirda, uşbu obektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylaşgan yer uçastkasiga bölgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga ötadi;
— qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar barça turdagi qişloq xöjaligi tovar işlab çiqaruvçilari iştirok eta oladigan, natijalari Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadigan oçiq elektron tanlov yakunlariga köra, faqat ijara huquqi asosida ajratiladi;
— qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;

















