Loyihaga ko‘ra, bu yerda 3 qavatli kutubxona qurilib, atrofida yashil hudud barpo etiladi.

Binoning birinchi qavatida san'at va axborot texnologiyalari, ikkinchi qavatda tarix, filologiya va dinga taalluqli, uchinchi qavatda ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar jamlanadi.

Rasmiy relizga ko‘ra, ushbu kutubxona jami 1,5 milliondan ortiq kitoblar fondini qamrab oladi.

Kutubxona qurilishining qiymati, moliyalashtirish manbasi, me'moriy loyiha muallifi va qurilish bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar nomi ma'lum emas.

Loyihani 8 iyun kuni davlat rahbariga shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev taqdim etdi.

Avvalroq, bir necha oy oldin ta'mirlangan «Navro‘z» qabullar uyi kutilmaganda buzib tashlangan, budjetdan pul sarflab ta'mirlangan binoning ko‘p o‘tmay buzilishi e'tirozlarga sabab bo‘lgan edi. Qurilish vaziri Botir Zokirov bunga izoh berib, bino cho‘kkanini ta'mir paytida bilish qolishganini aytgandi.

O‘shanda shahar hokimligi Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ hududida, xususan «Navro‘z» to‘yxonasining o‘rniga qanday obektlar qurilishi haqida