Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida joylaşgan dehqon bozorida yonğin sodir bölgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, keça 10 iyun kuni soat 21:20larda Yakkaboğ tumani «Bunyodkor» mahalla fuqarolar yiğini E.Xöjantoyev köçasida joylaşgan, tuman «Istiqlol» oziq-ovqat dehqon bozori hududida yonğin sodir bölgan.

Qayd etilişiça, bozordagi sut mahsulotlari sotiladigan yengil konstruksiyali dökonda yonğin kelib çiqqan. Yonğinni bartaraf etiş uçun Yakkaboğ tumani Favqulodda vaziyatlar bölimidan 2 ta yonğin-qutqaruv bölinmasi jalb qilingan. Soat taxminan 22:00lar atrofida yonğin töliq öçirilgan.

Ta'kidlanişiça, sodir bölgan yonğin natijasida heç kim tan jarohati olmagan. Faqat dökon va uning içidagi mahsulotlarni saqlaşga möljallangan 2 dona muzlatkiç yonib ketgan. Hozirda yonğin kelib çiqiş sabablari va körilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.