Eksportçilar uyuşmasi raisi Muxtor Umarov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida dalalarda tonnalab giloslar sotilmay turib qolgani, piyoz narxi 300 sömga tuşib ketgani haqida gapirgandi. Mazkur muammoga oydinlik kiritiş maqsadida fermer va mas'ullar bilan boğlandik.
Surxondaryo viloyatida önlab gektar yerlarga ekilgan piyozlar yetilgan bölişiga qaramay, dehqonlar tomonidan nobud qilinmoqda. Bunga sabzavot narxi keskin tuşib ketgani va mahsulotga bölgan talab pastligi sabab qilib körsatilmoqda.
«Qumqörğon Çorboği» fermer xöjaligi rahbari Abdurasul Şaropovning aytişiça, bu yilgi piyoz hosili yaxşi bölsa-da, narxlar açinarli darajada past. Şu sababli hosilni yiğiştirib oliş ikki karra moliyaviy zarar keltiradi. Undan köra, piyozning ustidan traktorda haydab yuborib, örniga boşqa ekin ekilgani yaxşiroq.
«Bizda 1 kilo piyoz narxi 300 söm. Bu yil 5 gektar yerga piyoz ekkan edik. Afsuski, uning 3 gektari ustidan traktorda haydab yuborib, örniga paxta ekişga majbur böldik. Çunki bu narx bilan xarajatlarni qoplaş ilojsiz. Bir nafar odam kuniga 65 ming sömdan işlaydi, 6 oy ekin tagiga qarab ötiramiz. Unga öğit solamiz, suv beramiz. Bunça muddat yerni böşatmay uşlab turiş ham xarajat. 1 gektar yerdan heç bölmaganda 80 tonna hosil olardik. Arzimagan narxni körib, traktorga 75 litr kerosin quydik-da, 3 gektar piyozning ustidan haydab taşladik. Köp fermerlar şunday qilişdi. Piyoz örniga paxta ekildi», deydi fermer.
Piyoz narxi nega arzonlab ketdi? Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi örinbosari Husniddin Karimov narxlar pasayişiga sabab bölgan omillarni sanadi.
«Bu yil Markaziy Osiyoda ob-havo deyarli bir xil haroratda böldi. Şu sababli bizning piyozlar Qozoğistonniki bilan teng yetildi. Bu Özbekiston piyozlari sotilmay qolib ketişining asosiy sabablaridan biri.
Avvallari Surxondaryo piyozi Qozoğistonnikidan 20 kun oldin çiqardi. Bu vaqt içida ança tonna mahsulotni sotib bölardik. Bu yil esa «propka» bölib qoldi. Dehqonlar, fermerlar, tomorqa yer egalari piyozni sotişyapti, lekin foyda qilişmayapti. Vaholanki, ular hosil va daromadni 9 oy kutişgan edi.
Eng yomon tomoni – dehqonlarning oldindan tuzilgan şartnomasi yöqligi. Tadbirkorlarning 80 foizi ular bilan şartnoma tuzişga va mahsulotni oldindan sotib olişga rozi. Lekin tizim yölga qöyilmagan. Dehqonlar bozorga qarab sotamiz, deyişadi. Yöq, endi bunday amaliyotdan voz keçiş kerak. Odamlar hosilni oldindan baholab sotib, masalan, may oyida 20-30 mln söm daromadim bor, deydigan tizimga ötişimiz kerak», dedi u.

















