Hamkorlik doirasida Toşkent davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov va xalqaro hamkorlik böyiça prorektor A.Abduvosiqov 10-14 iyun kunlari Belarus Respublikasining Grodno davlat universitetida xizmat safarida bölib qaytdi.
Delegatlar 11 iyun kuni Grodno davlat universiteti taşkil etilganining 70 yillik yubileyida qatnaşdi.



Ikki OTM örtasida 2020 yil imzolangan qöşma ta'lim dasturi doirasida magistratura yönalişi uçun şartnomalar tuzildi.
12 iyun kuni Grodno davlat universiteti ilmiy kengaşi a'zolari, prorektorlari bilan taşkil etilgan uçraşuvda akademik Botirjon Sulaymonov Grodno davlat universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi.


Şu kunning özida delegatsiya Asalariçilik ilmiy markazi faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Soha böyiça özaro hamkorlik va tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Xizmat safari davomida ToşDAU delegatlari Asalariçilik ilmiy markazida va Grodno oziq-ovqat fabrikasida ham böldi, fabrikadagi issiqxonalarda ösimliklarni himoya qiliş böyiça qöllanilayotgan ilmiy tajribalar bilan tanişdi.





















