4 fevral kuni Toşkent davlat agrar universitetiga Koreyaning Konkuk universiteti rahbar xodimlari taşrif buyurdi. 

Taşrif davomida delegatsiya ToşDAU rahbariyati bilan uçraşdi va ösimliklarni biologik himoya qiliş, paxtaçilik va ğallaçilik laboratoriyasi, ToşDAUning “Qişloq xöjaligida innovatsion işlanmalar va maslahat markazi” hamda “Gidroponika” issiqxonasida böldi hamda universitetning “Qöşma ta'lim” dasturi asosida ta'lim olayotgan talaba va magistrlar bilan uçraşdi.

Mehmonlar şuningdek, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi mutasaddi xodimlari bilan uçraşişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, Koreya Respublikasi delegatsiyasi Samarqand şahridagi diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanişadi.

Taşrif davomida ToşDAU va Konkuk universiteti örtasida talabalar va professor-öqituvçilar almaşuvini amalga oşiriş, ikki tomonlama tan olinadigan diplom beriş böyiça qöşma ta'lim dasturlarni joriy etiş, Konkuk universitetining qişloq xöjaligi sohasidagi malakali professor-öqituvçilari va mutaxassislarini öquv jarayoniga jalb etiş, ToşDAU professor-öqituvçilarini malaka oşiriş va stajirovkaga yuboriş, iqtidorli yoşlarni magistratura va doktoranturaga öqişga yuboriş, hamkorlikda öquv adabiyotlarini yaratiş hamda ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş böyiça kelişib olindi

Şuningdek, ikki universitet örtasida hamkorlikni kengaytiriş va kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” imzolandi. 

Ikki universitet örtasida hamkorlikni yanada kengaytirişga hamda Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişiga qöşgan hissasi uçun Konkuk universiteti prezidenti Sangi Minga hamda hozirda universitetda faoliyat olib borayotgan Janubiy Koreyaning Özbekiston-KOPIA markazi direktori doktor An Xi Sunglarga Toşkent davlat agrar universitetining faxriy professori unvonlari berildi.

Keyingi uçraşuv joriy yilning aprel oyida Konkuk universitetiga rejalaştirildi.