“Özbekiston Respublikasida suvda dam oliş va plyaj turizmini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga köra, Jizzax va Navoiy viloyatlari turistik salohiyatini rivojlantiriş maqsadida Aydar–Arnasoy köllar tizimi hamda Tödaköl kölida rekreatsion köllar hududi taşkil etiladi.
Mazkur rekreatsion köllar hududida 2021–2025 yillarda turizmni rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlandi.
Rekreatsion köllar hududiga kiruvçi yer uçastkalarini tadbirkorlarga beriş, ularda quriliş va barpo etiş loyihalarini amalga oşiriş Turizm va sport vazirligi bilan majburiy tartibda kelişiladi.
Rekreatsion köllar hududiga kiriş nuqtasida axborot markazi va zamonaviy avtoturargoh taşkil etiladi.
Taşrif buyuruvçilarning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida rekreatsion köllar hududida qutqaruv brigadasi faoliyati yölga qöyiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyani amalga oşiriş orqali har biri 5 yillik davrni öz içiga olgan 3 bosqiçli quyidagi natijalarga erişiladi:
- birinçi bosqiçda, jami 204 örinli 6 ta joylaştiriş vositasi, şuningdek, hududda ekoturistik obektlar, ovçilik va suvda dam oliş hududlari taşkil etiladi;
- ikkinçi bosqiçda, Aydarköl atrofidagi 33 ming gektar hududda yangi turistik hududlar, joylaştiriş vositasi, soğlomlaştiriş maskanlari, sport tadbirlari ötkaziladigan maydonlar barpo etiladi;
- uçinçi bosqiçda, 300 örinli joylaştiriş vositalari va sport tadbirlari ötkaziladigan maydonlar taşkil etiladi, 1 200 öringa möljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.
Rekreatsion köllar hududi va unga olib boruvçi 271 km yöllar ta'mirlanib, quriliş işlari amalga oşiriladi.

















