Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sholikorlarga subsidiyalar berish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Prezidentning "Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021 yil 2 fevraldagi PQ-4973-son qarori bilan belgilanishicha, 2021 yil 31 dekabrga qadar sholi yetishtirish uchun sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizgachasi Davlat budjetidan qoplab beriladi.
Tasdiqlangan Sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- subsidiyalar faqat talabgor tomonidan sotib olingan kunda ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ajratiladi;
- talabgorlar subsidiya olish uchun tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga yozma yoki elektron shaklda hujjatlarni taqdim qiladi;
- sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun ajratilgan subsidiyalardan maqsadli foydalanishni va to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 11.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22 / 18.07.2025
-
Rossiya Adliya vazirligi Activatica portalini «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:41
-
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi
O‘zbekiston | 12:30
-
Fransiyalik top-menejer Moskva bilan biznes yurityapti
Jahon | 12:29
Mavzuga oid

09:22 / 14.07.2025
Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibi tasdiqlanadi

13:15 / 07.06.2025
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi

13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

09:50 / 17.05.2025