Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror qabul qilindi.

Hujjat prezidentning 29.04.2020 yildagi «Özbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5987-son farmoni ijrosini ta'minlaş, şuningdek Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etiş maqsadida qabul qilingan.

Toşkent davlat yuridik universitetida hamda Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta'limning kredit-modul tizimida öquv jarayonini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

TDYuU hamda Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta'limning kredit-modul tizimida öquv jarayonini taşkil etişning quyidagi tizimi joriy etiladi:

  • öquv rejasi majburiy va tanlov fanlari asosida işlab çiqiladi hamda ta'lim oluvçiga özining ta'lim dasturini mustaqil şakllantiriş imkoniyati yaratiladi;
  • ta'lim oluvçi tomonidan muayyan modul (fan) böyiça özlaştirilgan öquv yuklamasi kreditlar asosida hisoblanadi;
  • Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida öquv yili (semestr) boşida öquvçilarning şaxsiy ta'lim trayektoriyasi şakllantiriladi, öquvçilar fan (modul) va öqituvçilarni tanlaş böyiça röyxatdan ötkaziladi hamda akademik guruhlar şakllantiriladi;
  • har öquv yilida öquv rejasiga muvofiq dars jadvali şakllantiriladi va öquv jarayoni amalga oşiriladi hamda doimiy ravişda ta'lim natijalari böyiça talabaning kreditlari hisoblanadi.

2021–2022 öquv yilidan boşlab TDYuUda ta'limning kredit-modul tizimi töliq joriy etiladi, bunda TDYuU ta'lim dasturi katalogi va öqitiş şaroitlari töğrisidagi ma'lumotlar hamda dolzarb axborotlar uning rasmiy veb-saytida ta'lim beriladigan barça tillarda öquv yili boşlanişidan kamida bir oy oldin joylaştiriladi va doimiy ravişda yangilab boriladi.

Xorijiy oliy ta'lim muassasalarida öqişni davom ettirgan va uni muvaffaqiyatli tamomlagan şaxslarga xorijiy oliy ta'lim muassasalarining belgilangan şaklda berilgan diplomlari (bakalavriat, magistratura) qöşimça ma'muriy tartib-taomillarsiz oliy ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadi.

TDYuU Kengaşi qaroriga muvofiq talabalarga fan doirasida professor öqituvçilarni tanlaş imkoniyati beriladi. Bunda talabalar ta'lim jarayonini boşqariş axborot tizimi portali orqali öquv semestri boşida tanlangan professor öqituvçining maşğulotida iştirok etiş uçun onlayn tarzda röyxatdan ötadi.