Moskva viloyatida vaksina olmagan haydovchilarning ishlashiga ruxsat berilmaydi
Endilikda Moskva viloyatida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari nazorat punktlarida haydovchilarning hujjatlari qatorida vaksina olgani haqidagi QR-kod yoki emlanganlik pasportini tekshiradi.
Moskva viloyatida taksichilar va jamoat transporti haydovchilari koronavirusga qarshi emlanmagan bo‘lsa, marshrutlarga qo‘yilmaydi. Bu haqda viloyat gubernatori o‘rinbosari Igor Treskov aytib o‘tgan.
«Emlanmagan avtobus va taksi haydovchilarining ishlashiga ruxsat etilmaydi. Agregatorlar orqali biz ushbu haydovchilarning buyurtmalardan uzilishini ta'minlaymiz. Muddat — 15 iyul», dedi Treskov gubernator Andrey Vorobyov bilan uchrashuvda.
Qayd etilishicha, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari nazorat punktlarida haydovchilarning hujjatlari qatorida vaksina olgani haqidagi QR-kod yoki emlanganlik pasportini tekshiradi. Haydovchilar emlash zarurligi to‘g‘risida transport vazirligidan xabar olishadi, shundan so‘ng ular qayerda va qachon emlanishlarini tasdiqlashlari kerak.
Avvalroq, Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus tarqalishini to‘xtatish bilan bog‘liq yangi cheklovlar kiritilishi to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, 13 iyundan 20 iyungacha savdo markazlari va boshqa jamoat joylaridagi bolalar o‘yingohlari ishlamaydi. Shuningdek, parklardagi attraksionlar yopiladi. Bundan tashqari, tungi muassasalar va restoranlar faoliyati cheklanadi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi davlat idoralarida har juma «Milliy liboslar kuni» o‘tkaziladi
Jamiyat | 16:18
-
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
Mavzuga oid
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
17:48 / 01.11.2024